Mavzu: Kurs ishlarini mavzularini tanlash ularni tayyorlashga qoyiladigan talablar Reja: 1. Kurs ishni bajarishning maqsad va vazifalari
Kurs ishlarining mavzusini tanlash
Kurs ishlarini bajarish ketma – ketligi
Maqsad:Kurs ishlari mavzularini tanlash, tayyorlashga qoyiladigan talablar va ularni bajarish ketma – ketligi haqida talabalarda tushuncha hosil qilish.
Natija: Kurs ishlari mavzularini tanlash, tayyorlashga qoyiladigan talablar va ularni bajarish ketma – ketligi haqida talabalarda tushuncha hosil bo’ladi.
3 – ilova
Kurs ishni bajarishning maqsad va vazifalari Mehnat ta`limi va kasb ta`limi metodikasi fanidan kurs ishlari fan yuklamasi tugatilgandan so’ng, talabalar mehnat ta`limi va kasb ta`limi o’quv kurslari haqida to’liq ma`lumot shakllanggandan keyin bajarilishini talab qiladi. Kurs ishlari talabaning egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish, mustahkamlash va boyitish, egallagan bilimlarini amalda qo’llay olish, mustaqil ilmiy izlinishlar olib borish, adabiyotlar bilan ishlashga o’rgatish kabi maqsadlarni ko’zlaydi.
Kurs ishi tushuntirish xati va chizmalarni o’z ichiga oladi. Tushuntirish xatining hajmi cheklanmaydi. U taxminan 25 – 30 betni tashkil etadi.
4 - ilova
Kurs ishlarining mavzusini tanlash Dastlab mavzuning o’quv dasturidagi tutgang o’rni, uni o’rganishning kalendar muddatlarini aniqlash talab etadi, sababi busiz boshqa o’quv fanlari bilan didaktik aloqa o’rnatib bo’lmaydi.
Kurs ishi mavzusida quyidagilar aks ettiriladi
mavzu tavsifi, mavzuning dolzarbligi, muammoning o’rganilganlik darajasi.
mavzu boyicha adabiyotlar taxlili.
mavzuning o’quv - tarbiyaviy vazifalari.
mavzuni yoritishda foydalaniladigan ilmiy – tadqiqot metodlari.
mavzu materiallarining nazariy va metodik asoslarini ochib berish.
mavzuni yoritish metodikasi.
mavzuni yoritishda pedagogik texnologiyalar metodidan foydalanish.
O’quv ishlab chiqarish ishlari.