O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


YAngi mavzu yuzasidan yo’l-yo’riqlar



Yüklə 2,95 Mb.
səhifə157/194
tarix21.09.2023
ölçüsü2,95 Mb.
#129246
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   194
1709 (3)

3. YAngi mavzu yuzasidan yo’l-yo’riqlar (45 daqiqa).
Yangi mavzuni tushuntirish uchun reja beriladi va rejaga asosan tushuntiriladi.
Mavzu: Maktab ustaxonalarida ishlashda texnika xavfsizlik qoidalarini o’rganish mavzusini o’qitish metodikasi.
REJA:

  1. Maktab ustaxonalarida ishlashda texnika xavfsizlik qoidalari.

  2. Maktab ustaxonalarida ishlashda texnika xavfsizlik qoidalarini o’rganish to’g’risida ma`lumot berish.

  3. Maktab ustaxonalarida ishlashda texnika xavfsizlik qoidalarini o’rganish va ustaxonalarni jihozlash.

Duradgorlik o’quv ustaxonasida xavfsizlik texnikasi va sanitariya - gigiena qoidalari talablariga amal qilgan holda ish o’rinlari ikki xonaga joylashtirilgani ma`qul. Bunda individual ish o’rinlari (duradgorlik dastgohlari) bir xonaga, umum foydalanadigan ish o’rinlari (yog’och ishlash stanoklari) esa ikkinchi xonaga joylashtiriladi. Ayrim ish o’rinlari va qo’shimcha jihozlar foydalanilishiga qarab turli xonalarga joylashtiriladi.
Bir yoki ikki xonali duradgorlik o’quv ustaxonasida ish o’rinlarining taxminiy joylashtirilishi. Duradgorlik dastgohlari o’rnatiladigan xona maydoni kichik bo’lsa, dastgohlarni ikki o’rinli dastgox ko’rinishida qarama-qarshi joylashtirish mumkin. Biroq bir o’rinli dastgohlarni ikki o’rinli dastgoh ko’rinishida joylashtirishda ular bir-biriga jipslab o’rnatilmasdan, balki oralari ochiq qoldiriladi, ularni bir-biriga kashaklab qotirishga aslo yo’l qo’yilmaydi. Aks holda ular ikki o’rinli dastgohlardan farqsiz bo’lib qoladi.
1.Ikki o’rinli dastgohlardan foydalanish o’kuvchilarning bir-biriga xalal berishiga, ish sifatining, xavfsizlik texnikasi qoidalarining bo’zilishiga olib keladi. Bularning oldini olish maqsadida individual va umum foydalanadigan ish o’rinlari egallaydigan maydon o’lchamlardan kam bo’lmasligi kerak. Bunda arralash va randalash stanoklari yordamida uzun o’lchamli yog’och materiallarga ishlov berilishi hisobga olinadi.
2.O’quv ustaxonasining etarli darajada yoritilishi. Usta-
xona binosi joylashishiga qarab tabiiy yoki sun`iy yo’l bilan yoritiladi. Ustaxona tabiiy yo’l bilan yoritilganda yorug’likning binoga sharq, janub, qarb yoki sharqi - janubiy, janubig’arbiy tomonlardan tushgani ma`qul. Shuningdek, ustaxonaning
tabiiy yorug’lik bilan yoritilishini ta`minlash mag’sadida deraza romlarining katta va etarli bo’lishi talab etiladi. Deraza romlarining umumiy yuzasi pol yuzasining 1:4qismini tashkil etsa, etarli hisoblanadi, bundan kam bo’lgan qollarda bino qo’shimcha ravishda sun`iy yorug’lik bilan oritiladi.
Ustaxonada qo’l yuvish uchun suv, sovun, sochiq bo’lishi va
hammasi joy-joyida turishi talab etiladi.
Duradgorlik o’quv ustanonalarida ayrim ish o’rinlari va qo’shimcha jihozlarning taxminiy maydoni:
3. Ustaxonaning elektr energiyasi bilan ta`minlanishi. Ustaxonani yoritish, stanoklarni elektr energiyasi bilan ta`minlash maqsadida binoga uch fazali elektr liniyasi o’tkaziladi. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga to’la amal qilgan holda elektr liniyasi umumiy tahsimlagich shchitga tortilib, undan xonalarga, yoritish tarmog’i va stanoklarga taqsimlanadi.
4.Xavfsizlikni ta`minlash maqsadida xar bir xonaga yoritish tarmog’i uchun alohida, stanoklar uchun alohida umumiy saqlagichli rubilnik, shuningdek, har bir stanokka aloxida – alohida saqlagichli rubilnik o’rnatilgani ma`qul. Bu narsa bir stanokni ishga sozlash yoki tuzatish vaqtida boshqalarining to’xtab yoki yoritish tarmog’ining o’zilib qolmasligini ta`minlaydi, ayrim xavfli vaziyatlarning oldini olishga yordam beradi.
5. Ustaxonada aptechka bo’lishi. Uquv ustaxonasida amaliy mashg’ulot o’tayotganda o’quvchilarning jarohatlanishi, tobi qochib qolishi mumkin. Bunday hollarda o’quvchilarga birinchi yordam tariqasida turli xil dorilar ichkiziladi, jarohatlangan joylariga dori surilib bog’lab qo’yiladi. Shuning uchun ustaxonada aptechka o’rnatiladi.
6.Uquv ustaxonalarini jixozlash mexnat o’qituvchisi yoki ustasining zimmasiga tushadi. Shuning uchun pedagogika institutlarining o’quv ustaxonalarida olib boriladigan amaliy mashg’ulotlar davomida, texnologiya darslarini o’qitish metodikasi bo’yicha o’tkaziladigan laboratoriya - amaliy mashg’ulotlarida studentlarga o’quv ustaxonalarini jihozlash xususida keng tushuvchalar berib, ayrim tayanch maktablarning o’quv ustaxonalari bilan tanishtirish zarur.
Texnologiya o’qituvchisi o’quv ustaxonasini jixozlash bilan bir qatorda, undagi bo’zilgan dastgohlarni, asbob-uskunalarni, stanoklarni tuzata bilishi, ishga sozlay olishi, ustaxonani yangi asbob-uskunalar bilan to’ldirib turishi kerak.
Shuning uchun pedagogika institutlari o’quv ustaxonalarida olib boriladigan amaliy mashg’ulotlarda bo’lg’usi texnologiya o’qituvchilariga asbob-uskuna, dastgoh va stanoklarning turlari, to’zilishi, vazifasi, ularni ishga sozlash va tuzatish ishlari o’rgatib boriladi.

4. Yangi o’quv materialini mustahkamlash va o’quvchilar bilimini baholash. (10 daqiqa).



Yüklə 2,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin