O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


TEXNOLOGIYA TA’LIMINING DIDAKTIK TAMOYILLARI



Yüklə 2,95 Mb.
səhifə27/194
tarix21.09.2023
ölçüsü2,95 Mb.
#129246
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   194
1709 (3)

TEXNOLOGIYA TA’LIMINING DIDAKTIK TAMOYILLARI.
R E J A:

  1. Onglilik va aktivlik

  2. Ilmiylik sistemaliligi

  3. Nazariya bilan amaliyot birligi

  4. Ta`lim tarbiyaning birligi

  5. Ko’rsatmalilik

  6. Mustaxkam va puxta o’zlashtirish

  7. Yosh va individual xususiyatlarini xisobga olish

  8. Izchillik

  9. Politexnik

  10. Unumli meµnat asosida o’qitish.

Maqsad: Talabalarga Texnologiya ta’limining didaktik tamoyillari haqida ma`lumot berish va amaliy qo’llash haqida tushuncha hosil qilish.
Natija: Texnologiya ta’limining didaktik tamoyillari haqida talabalarda tushuncha hosil qilinadi va bilimlari oshiriladi


Tezkor savollar.

        1. Didaktika nima?

        2. Didaktik tamoyillardan qaysilarini bilasiz?







3-ilova
Onglilik va aktivlik-o’quvchi qilayotgan ishini mazmunini yaqqol tasavvur qilgandagina ishga ongli ravishda kirishadi. Bu tamoyil o’quvchilarda ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo’llash metodlarini ongli va faol egallab oladigan, ularda ijodiy tashabbuskorlik va o’quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq rivojlanadigan bo’lsin.O’qitishdagi onglilik tamoyili o’quvchilardagi ta`lim jarayonining aniq maqsadlarini tushunish, o’rganilayotgan dalil, hodisa, jarayonlar va ular o’rtasidagi bog’lanishni tushungan holda o’zlashtirib olish, o’zlashtirilgan bilimlarni amaliy faoliyatda qo’llay bilish kabi me`yorlarni anglatadi.


4-ilova
Ilmiylik tamoyili-o’quvchilarga o’rgatish uchun ilmiy jihatdan asoslangan, amalda sinab ko’rilgan ma`lumotlar berilishini talab etadi. Ularni tanlab olishda fan va texnikaning eng so’ngi yutuqlari va kashfiyotlaridan foydalanish kerak.
Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash, tafakkur rivojlanadi. Har bir darsda o’qitiladigan o’quv materialining ilmiy mazmuni keng va chuqur bo’lishi o’quvchida nafaqat bilim, balki tafakkur hosil qilishi hamda uning ijodiy qobiliyatini shakllantirishi kerak. Buning uchun esa o’qituvchi o’z ilmiy saviyasini izchil ravishda oshirib borishi zamonaviy pedogogik texnologiyalar, kashfiyotlar va ilmiy yangiliklardan xabardor bo’lishi lozim. O’quvchi o’rganayotgan bilimlar, albatta nazariy tasdiqlangan va amalda sinalgan bo’lishi kerak.



Yüklə 2,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin