Takrorlash darsi. O’quvchilarning yangi materialni o’zlashtirish va mustahkamlashga tayyorgarligini tekshirishga qaratilgan takrorlash hamma tipdagi darslarda qo’llanadi. Takrorlash darsi asosan yakunlovchi mashg’ulotlarda o’qituvchi o’quvchilar kasb-hunar ta`limi jarayonida olgan bilim va malakalarni umumlashtiradi.
Toifalash sharhini tuzish qoidasi Toifalar boyicha ma`lumotlarni taqsimlashning yagona usuli mavjud emas.
Bitta mini – guruhda toifalarga ajratish boshqa guruhda ajratilgan toifalardan farq qilishi mumkin.
Ta`lim oluvchilarga oldindan tayyorlab qoyilgan toifalarni berish mumkin emas, bu ularning mustaqil tanlovi bo’la qolsin.
a)ma`lumot lavhalarini birlashtirish imkonini beradigan toifalarni izlaydilar.
b) toifalarni jadval ko’rinishida rasmiylashtiradilar. G’oyalarni/ma`lumotlarni toifaga mos ravishda bo’ladilar. Ish jarayonida toifalarning ayrim nomlari o’zgarishi mumkin. Yangilari paydo bo’lishi mumkin.
v) ish natijalarini taqdimoti.