Pazandachilik asoslari bo’limi: o’quvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, oshpazlik va qandolatchilik asoslari; oziq-ovqat mahsulotlarining hamda taomlarning inson hayotidagi o’rni, xususiyatlari, toyimliligi, turlari, ovqatlanish me`yori va tartibi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish hamda ularga dastlabki va asosiy ishlov berish yo’llarini o’rganadilar; oshxonalarning jihozlanishi; oziq-ovqat sanoati, sanitariya-gigiena hamda texnologiya xavfsizlik texnika qoidalarini; uy-ro’zg’or yuritish va jihozlardan unumli foydalanish, oila jamg’armasi va uni sarflash madaniyatini, oziq-ovqat va engil sanoat sohalaridagi keng tarqalgan kasblar, ularning tasniflari haqidagi tushunchalarga hamda pazandachilikka oid kasb-hunar turlari to’g’risidagi ma`lumotlarga ega bo’ladilar.
8-ilova
Buyumlarni ta`mirlash bo’limi: Turli chokidan so’kilgan buyumlarni ta`mirlash. Kiyimlarni saqlash va tuzatish usullari. Iste`moldan chiqqan buyum o’lchamiga qarab, bolalar kiyimining andozasini tayyorlash va tikish
10-ilova
Elektrotexnika ishlari bo’limi: o’quvchilar elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilish; elektr o’tkazish simlarining turlari; elektr o’tkazgichlarni montaj qilish izolyatsiyalash ishlari; elektr asboblari; elektr o’tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan bilan ishlash usullarini o’rganish; bitta xonani yoritish zanjiri sxemasini tuzish; maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog’ligiga ta`siri; elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o’rnini tashkil qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari hamda ish usullari; elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullari; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlash; elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko’rsatish, asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash bilan bog’liq kasb-hunarlar boyicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar.