Mavzu: Texnologiya ta`limi darslarida amaliy darslarni tashkil qilish uslubi Reja:
1. Amaliy darslarga tayyorgarlik.
2. Dars jarayonida o’qituvchining vazifasi.
3.Xavfsizlik texnikasiga e`tibor.
4. Yo’riqnomalarni o’tkazish.
5.Darsni yakunlash.
Maqsad: Talabalarga texnologiya ta`limi darslarida amaliydarslarni tashkil qilish uslubini o’rgatish.
Natija:. Talabalarga texnologiya ta`limi darslarida amaliydarslarni tashkil qilish uslubini o’rganadilar.
3-ilova
Amaliy mashg’ulot - aniq maqsadga qaratilgan va ta`lim beruvchi tomonidan boshqarib turiladigan, aniq bir topshiriqni bajarish uchun kerakli nazariy darsda olingan maxsus bilimlar asosida malaka va ko’nikmalar shakllantirish maqsadida olib boriladigan rejali didaktik harakatga aytiladi.
Amaliy mashg’ulot Texnologiya ta’limining tarkibiy qismi bo’lib, o’quv ustaxonalarida, laboratoriyalarda, o’quv poligonlarida ish o’rnida joylashgan real vositalardan foydalanilgan holda o’tkaziladi.
Texnologiya ta`limi tizimining xususiyati shuki, nazariya va amaliyot bir biridan alohida, ya`ni nazariy ta`lim o’quv auditoriyada, amaliy mashg’ulotlar ustaxona va laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Nazariy darsda kerakli maxsus bilimlar amaliy darsga nisbatan ilgariroq berilishi ta`minlanishi kerak. Amaliy mashg’ulotlarda ta`lim beruvchi ish o’rnida faqat ish topshiriqlariga tegishli qo’shimcha bilimlarni
4-ilova
Darsni rejalashtirish - kutilayotgan o’quv natijalariga erishish maqsadida o’quv jarayoniga tayyorgarlik ko’rish: ta`lim metodlarini tanlash, tarqatma materiallar va o’quv-didaktik vositalar tayyorlash.
Barcha imkoniyatlarni inobatga olgan holda, bir marta tuzilgan rejada o’zgarishlar bo’lmasligiga harakat qilish kerak. Ta`lim beruvchi uchun rejalashtirish o’quv jarayonini boshqarishda xatolarga yo’l qoymaslik deganidir. Ta`lim oluvchi uchun rejalashtirish, u bo’lajak o’quv jarayoni to’g’risida va ta`limdan nimalarni kutishi mumkinligi haqidagi aniq tasavvurga ega bo’lishi deganidir.