Mashqlar – texnologiya ta`limi jarayonini tadqiq qilish har bir yangi operatsiyani qisqa muddatli (5-15 minutli) mashqlardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu mashqlarni shartli ravishda ta`limiy mashqlar deyiladi. Amaliy ishlarni bajarish jarayonida o’quvchilar har xil buyumlar tayyorlar ekan, texnologiya usullari va harakatlarini bajarish boyicha mashq qilishni davom ettiradilar. Bunday mashqlarni tayyorgarlik mashqlari deyiladi.
Mashqlarga bir qancha didaktik talablar qoyiladi:
Mashqlar uchun moddiy o’quv sharoiti yaratilishi kerak.
Mashqlar o’quvchining ongli faoliyatiga asoslanishi kerak.
Mashqlar va ularning elementlari qiyinligi ortib boradigan tartibda joylashtiriladi.
Mashqlar davomida o’quvchilar o’z texnologiya harakatlarini nazorat qilishlari kerak.
Mashqlar davomida o’quvchilar yo’l qoyilgan kamchiliklarni tezda bartaraf etish yo’llarini topish kerak.
8-ilova
Yo’llanma – texnologiya faoliyati usullarini tushuntirish va ko’rsatish hamda texnologiya faoliyatlarini to’g’ri va xavfsiz bajarish boyicha tasavvur hosil qilishga va o’quvchilarning amaliy faoliyatlarini to’g’ri yo’naltirishga qaratiladi. Yo’llanma darsning qismi (elementi)dir. Yo’llanma (instruktaj)ga quyidagi didaktik talablar qoyiladi:
Yo’llanma jarayonida ta`limning har xil metodlaridan foydalanish.
Yo’llanma mazmunini o’qituvchi asoslashi. Agar o’qituvchining o’quvchilar oldiga qoygan topshirig’i ularga tushunarli bo’lmasa, o’quvchilar uni bajarish shartini ko’pincha buzadilar, chunki ular bu nimaga olib borishini bilmaydilar.
Shuning uchun o’qituvchining har bir talabi asoslanishi kerak.
Yo’llanmaning to’laligi va yo’llanmani elementlarga ajratish. Texnologiya topshirig’ining qiyinligi va u qaysi sinfda bajarilayotganiga qarab yo’llanma butun yoki ishning borishiga qarab qismlarga ajratib berilishi mumkin.
Yo’llanmada shunday ko’rsatmalar bo’lishi kerakki, o’quvchi ular yordamida o’z faoliyatlarini nazorat qila olishi kerak.
Kirish, joriy va yakuniy yo’llanmalar bir-biridan farq qiladi.
Yangi operatsiyani o’rganish boyicha kirish yo’llanmasi operatsiya xarakteristikasini; mehant usullarini me`yoriy va sekinlashtirilgan sur`atlarda bajarish qoidalarini namoyish qilishni; o’z-o’zini nazorat qilish belgilarini; aniq texnologiya vazifasini o’z ichiga oladi.
9-ilova
Joriy yo’llanma: o’quvchilar ishini to’xtatish – xatoga yo’l qoygan o’quvchining ishiga e`tibor berish, undan noto’g’ri ishlanganligining sababini tushuntirib berishini talab qilish, shu asnoda hamma o’quvchilar bilan suhbat o’tkazish, o’qituvchining xulosasi: o’qituvchining to’g’ri usullarni ko’rsatishi, xatoga yo’l qoygan o’quvchining usullarini xotirada tiklashi, guruhga ishni davom ettirishga ruxsat berishdan iboratdir.