Ma`ruzaga ajratilgan vaqt – 2s
|
Talabalar soni – __ ta
|
O’quv mashg’ulotining shakli
|
Ma`lumotli ma`ruza
|
O’quv mashg’ulotining tuzilishi
|
1. Mashg’ulot mavzusiga kirish.
2. Talabalarni mashg’ulotga jalb etish.
3. Ma`ruza matnini tarqatish.
4. Muammoli savol, masala va vaziyatlarni taqdim etish.
5. Muamoli savol, masala va vaziyatlarni hal etish.
6. Taqdimot texnologiyasi asosida ma`ruzani taqdim etish.
7. Mavzuni yakunlash.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi
|
Talabalarga texnologiya ta`limi o’qituvchisining o’quv yiliga tayyorgarligi haqida, o’quv xonalarining jixozlanishi, tayyorlanadigan me`yoriy xujjatlar mazmuni bilan tanishtirish. Texnologiya ta`limi o’qituvchisining kasbiy sifatlari uning pedagogik va psixologik tayyorgarligi bilan tanishtirish.
|
Pedagogik vazifalar:
1) asbob uskunalarni ishga sozlash va tayyorlash haqida ma`lumot berish;
2)texnologiya ta`limi o’qituvchisining o’quv yiliga xom ashyo va namuna tayyorlash bilan tanishtirish;
3) texnologiya ta`limi o’qituvchisining mavzularga oid ko’rgazmali qurollar, texnik vositalar va uning mazmuni bilan tanishtirish;
4) texnologiya ta`limi o’qituvchisining shaxsiy fazilatlari bilan va uni shakllantirib borish haqida ma`lumotlar berish.
|
O’quv faoliyati natijalari:
Texnologiya ta`limi o’qituvchisining darsga va o’quv yiliga tayyorgarligi,kasbkorlik sifatlari bilan tanishadilar;
1.asbob uskunalarni ishga sozlash va tayyorlash haqida ma`lumotga ega bo’ladilar;
2.texnologiya ta`limi o’qituvchisining o’quv yiliga xom ashyo tayyorlanishi va qanday namunalar tayyorlashni o’rganadilar;
3 texnologiya ta`limi o’qituvchisining mavzularga oid ko’rgazmali qurollar, texnik vositalar va uning mazmuni bilan tanishadilar;
4) texnologiya ta`limi o’qituvchisining shaxsiy fazilatlari bilan va uni shakllantirib borish haqida ma`lumotga ega bo’ladilar.
|
Ta`lim metodi
|
Ma`ruza, tushuntirish, munozara, toifalash
|
|