O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


-rasm. Chilangarlik arrasi bilan ishlashda gavda va qo’llarning holati



Yüklə 2,95 Mb.
səhifə91/194
tarix21.09.2023
ölçüsü2,95 Mb.
#129246
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   194
1709 (3)

1-rasm. Chilangarlik arrasi bilan ishlashda gavda va qo’llarning holati.

Ishlovchi o’zining gavdasi va oyoqlarining to’g’ri holatda turishiga e`tibor beradi. Bu ishni bajarishda ham metallarni qirqishdagi kabi holatda turiladi. Ishlayotganda arrani ikki qo’l bilan ushlanadi va kesilayotgan tekislikka parallel holatda tutib, sakratmay hamda siltamay bir maromda yurgiziladi. Har bir yurishda arra polotnosi uzunligining eng kamida 2/3qismi ishlashi shart.


Arra polotnosining tishlari tez o’tmaslashib qolmasligi uchun ishlovchi uni qarshi tomonga yurgizishda (ishni bajarishda) bosib, orqaga qaytarishda (salt yurishida) bo’shatib turishi lozim. Arra bilan qo’lda kesishdan tezlik har daqiqada eng kami 30 dan 60 martagacha juft yurishdan iborat bo’lishi kerak.
Tavsiya etilayotgan keysni yechish quyidagi natijalarga erishishga imkon beradi:

  • o’zlashtirilgan mavzu boyicha bilimlarni mustahkamlash;

  • muammoning hamda qabul qilingan yechimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko’nikmalarni qayta topshirish;

  • nazariy va amaliy, hamda ishlab chiqarish ta`limini tashkil qilishning asosiy shakllarini egallash;

  • Ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiya, xo’jalik yuritishning yangi shakllarni va ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish malakalarini egallash;

  • mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko’nikmalarini egallash.




  1. muammoli topshiriq. Arralash vaqtida arra plotnosi qisilib qolsa nima qilish lozim?



Texnologiya ta`limi darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish metodikasi
Ma`lumki, V–VI sinfda amaldagi o’quv dasturiga muofiq “Dizayn va texnologiya” yo’nalishida Yog’ochlarga ishlov berish texnologiyasi bo’limi mavjud. Bu bo’limda yog’och materiallarining olinishi, turlari, tuzilishi, ishla-tilishi, xususiyatlari va turli xil duradgorlik buyumlarini yasash o’rgatiladi. Shu bo’lim yuzasidan olingan bilimlarni kengaytirish va atroflicha o’rganish uchun konferentsiya darsi tashkil qilish mumkin. Dars davomida o’quvchilar pedagogik va psixologik tomondan kuzatib boriladi. O’quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlarini hisobga olib, ularni uch guruhga bo’lib olinadi: 1-guruh: o’lkashunoslar; 2-guruh: duradgorlar; 3-guruh: tadbirkorlar. O’qituvchi konferentsiya darsi bo’lishidan oldin gu-ruhlarga qanday manbalardan foydalanish va fikr yuritish yo’nalishlari haqida ko’rsatmalar beradi. Bunda o’qituvchi sinfdan tashqari manbalar: adabiyotlar, radio eshittirish, teleko’rsatuvlar va matbuot materiallari hamda mahalliy dalillardan foydalanishni o’quvchilarga tavsiya etadi. O’quvchilar shular asosida tayyorgarlik ko’rib, rang-barang materiallarni yig’ib keladilar.
Konferentsiya darsining rejasi quyidagicha bo’lishi mumkin:
Darsning maqsadi: a) o’quvchilarning yog’ochlarni ishlash boyicha olgan bilimlarini mustahkamlash, umumlashtirish, kengaytirish va ularni amalda qo’llay olishni o’rgatish; b) o’quvchilarni tabiatni sevishga, inson texnologiyaini qadrlashga, tejamkorlikka, tadbirkorlikka va ishbilarmonlikka o’rgatish; v) o’quvchilarning o’lkashunoslik, duradgorlik va sotuvchilik sohalariga oid kasblarga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish.
Dars uchun quyidagi jihozlar hozirlanadi: a) dunyoning geografik xaritasi; b) yog’och namunalari to’plami; v) yog’och turlarini aks ettiruvchi ko’rgazma; g) turli xil duradgorlik buyumlari; d) stanoklar, duradgorlik o’lchov va ish asboblari; e) sotuvchilik rastasi va unga qoyilgan duradgorlik buyumlari; j) ustalar, sotuvchilar haqida ma`lumot va ularning ishlaridan namunalar; z) maktab hisobiga keltirilgan foyda haqidagi ko’rsatkichlar.
Konferentsiya quyidagi tartibda o’tkaziladi:
Boshlovchi: Assalomu alaykum, xurmatli o’quvchilar!
Bugungi, yog’ochlarni ishlash mavzusiga bag’ishlangan anjumanimizni boshlaymiz. Anjumanda yosh o’lkashunoslar, duradgorlar, tadbirkorlar qat-nashmoqda. So’z yosh o’lkashunoslarga, marhamat!

Yüklə 2,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin