O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti aminov I. B., Bustanov X. A., Raximov S. Z


-rasm. Nuqtali diagrammaning ikki yilda sodir etilgan jinoyatlar



Yüklə 15,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/197
tarix10.10.2023
ölçüsü15,41 Mb.
#129907
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   197
b45f8bb901485cba334ec72b5fe007cd AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

23-rasm. Nuqtali diagrammaning ikki yilda sodir etilgan jinoyatlar 
taqqoslangan shakli. 
Nuqtali 
diagrammalardan 
ikki 
qatordagi 
ma'lumotlarni 
taqqoslashda (masalan, ikkita yilda sodir etilgan jinoyatlarni) 
foydalaniladi va ularning besh xil turi mavjud. 
Sohali diagrammalar. Sohali diagrammalar - ma'lumotlarni grafik bilan 
koordinata o'qi orasini bo'yagan holda aks ettiruvchi diagrammadir (24-
rasm). Excel elektron jadvalida bunday diagrammalarning olti turi 
mavjud. 
24-rasm. Sohali diagrammaning bir ko'rinishi. 
Sohali diagrammalar grafik shaklidagi diagrammalarga o'xshash, 
biroq ularda sohalarga rang berilgan bo'ladi.Halqasimon diagrammalar. 
Halqasimon diagrammalar doira shaklidagi diagrammalarga o'xshash, 
biroq doira shaklidagi diagrammalarda bitta ustundagi ma'lumotlarni aks 
ettirish mumkin bo'lsa, halqasimon diagrammalarda bir necha ustundagi 
ma'lumotlarni aks ettirish mumkin. Bu ma'lumotlar halqalar shaklida bir-
biridan ajratiladi (25-rasm). 


202 
25-rasm. Ajratilgan halqasimon diagramma. 
Halqasimon diagrammaning ikki turi mavjud bo'lib, ma'lumotlar 
birida ajratilgan, ikkinchisida esa ajratilmagan holda aks etadi. Doira va 
halqa shakllaridagi diagrammalarning boshqa diagrammalardan farqi 
shuki, ularda jadvaldagi sonlarning qiymatlari, qatorlar nomlari yoki 
qiymatlar umumiy qiymatining necha foizini tashkil etishini aks ettirish 
mumkin. 
Bargsimon diagrammalar. Bargsimon diagrammaning uchta turi 
mavjud. Bunday diagrammada har bir nuqtaning qiymati uning 
markaziy nuqtagacha bo'lgan masofasiga ko'ra aniqlanadi (26-rasm). 
Radiusning burchagi nuqtaning ma'lumotlar qatorida joylashishini 
belgilaydi. Ma'lumotlar bir necha qatorda joylashgan bo'lishi mumkin, 
diagramma ularning har biri uchun alohida koordinata o'qiga ega bo'ladi. 
26-rasmda bir qatorda joylashgan ma'lumotlardan foydalanilgan. 
Bunday diagrammalardan turli ishorali ma'lumotlarni aks ettirishda yoki 
ularni taqqoslashda foydalaniladi.

Yüklə 15,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin