O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti aminov I. B., Bustanov X. A., Raximov S. Z



Yüklə 15,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/197
tarix10.10.2023
ölçüsü15,41 Mb.
#129907
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   197
b45f8bb901485cba334ec72b5fe007cd AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

ishlash asoslari. 
2.
 
Multimedia tushunchasi, texnologiyasi, tizimi va imkoniyatlari. 
3.
 
Multimediyanong texnik va dasturiy ta’minoti. 
8.1. Boshlang’ich ta’limga oid avdio va video axborotlar 
bilan ishlash asoslari. 
Boshlang'ich ta'lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalar, 
shu 
jumladan, 
axborot 
texnologiyalari 
bilim 
olish 
motivini 
rivojlantirishga katta yordam beradi. Axborot texnologiyalari asosida 
tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o'tkazish metodlariga ko'ra 
o'quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola 
ruhiyatiga yaqinroq bo'ladi. O'quvchilarning o'quv materiallarini 
o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo'zg'atish asosida 
maqsadga erishish motivasiya bo'lib, bu o'qituvchi vao'quvchilarning 
o'zaro ichki yaqinlashuvidir. 
Axborot kommunikatsion texnologiyalar - bu bilim, dalil va 
qonunlarni taqdim etishda barcha imkoniyatlarni o'zida jamlab olgan 
usul va metodlar demakdir. Har qanday texnologiya- bu axborot 
texnologiyalari bo'lib, uning negizini ma'lumotlarni qabul qilish va qayta 
ishlash tashkil etadi. 
Boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'quv texnologiyasining bevosita 
yetkazuvchisi sifatida, yangiliklardan boxabar bo'lgani holda, dars 
jarayonini qiziqarli olib borishi lozim. 
Boshlang'ich sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanish 
o'quvchilarning kayfiyati,qiziqishlari, hayot tarzi, dunyoqarashi, 
tafakkuri, aqliy va kasbiy ko'nikmalarini namoyon qiladi.Internet 
texnologiyalarining kirib kelishi o'quvchilarga axborot manbalaridan 
foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, 
ijodkorlik, malaka va ko'nikmalarni egallash va mustahkamlash uchun 
yangi imkoniyatlar beradi, ta'limning yangi shakllari va metodlarini 
amalga oshirishga sharoit yaratadi. 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining asosiy talablaridan biri 
axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga 
keng 
tatbiq etib, 


218 
o'quvchilarni mustaqil bilim olishga, erkin fikrlashga o'rgatishdan 
iboratdir. 
Boshlang'ich ta'lim jarayonida multimediyadan foydalanish 
o'qituvchiga: 
- darsni zamonaviy tarzda modellashtirish; 
- bilimlarni chuqurlashtirish uchun qo'shimcha ma'lumot va 
axborotlarga ega bo'lish; 
- nazariy va mustaqil ishlashni tayyorlash imkonini beradi. 
Boshlang'ich ta'lim jarayonida multimediyadan foydalanish 
o'quvchilarga: 
- fanga qiziqish uyg'otish, o'z bilimlarini nazorat qilish va 
mustahkamlash; 
- ensiklopedik ko'rinishdagi axborotlarni tezkor olish; 
- mavzuni o'rganishda o'zi uchun qulay bo'lgan tezlik va 
o'zlashtirish darajasini tanlash; 
- zamonaviy axborot - kommunikatsion texnologiyalarga jalb 
qilish, uni egallash va unga doimiy ishlashga bo'lgan ehtiyojni 
shakllantirish imkoniyatlarni beradi. 
Multimedia - bu obyekt va jarayonlarni an'anaviy matn shaklida 
emas, balki fotorasm,video, chizma, animatsiya, ovoz yordamida 
namoyish qilishdir. 
Multimediali darslar quyidagi didaktik masalalarni hal qilishga 
yordam beradi: 
- fan bo'yicha asosiy bilimlarni o'zlashtirish; 
- o'zlashtirilgan bilimlar izchilligini ta'minlash; 
-o'z - o'zini nazorat ko'nikmasini shakllantirish; 
- bilim olishga bo'lgan ehtiyojini rivojlantirish; 
- o'quvchilarni o'quv materiali ustida mustaqil ish olib 
borishlarida o'quv – metodik yordam ko'rsatish. 
Boshlang'ich sinflarda fanlarni multimedia texnologiyalari 
asosida o'qitish kata samara beradi. Buning uchun esa mashg'ulotlarning 
har bir mavzusi bo'yicha dars ishlanmalari yaratilishi lozim. Ana shu 
ishlanma asosida barcha mavzularga oid axborot texnologiyalari 
vositalari yordamida bayon etilishi lozim bo'lgan nazariy va amaliy 
materiallarning 
electron 
taqdimoti 
shakli 
tayyorlanadi. 
Dars 
ishlanmalariga taqdimot slaydlar tayyorlanib,videoproyektorlar orqali 


219 
o'quvchilarga tushuntirilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Multimediali 
taqdimot nafaqat matnli va ko'rgazmali balki ovozli, animatsiyali bo'lishi 
o'quvchilartomonidan 
mavzuni 
mukammal 
o'zlashtirishda 
katta 
ahamiyatga ega bo'ladi. 
Axborot 

kommunikatsiya 
texnologiyalarining 
ta'lim 
jarayoniga joriy etilishidan asosiy maqsad - aynan zamonaviy axborot 
muhiti uchun xarakterli bo'lgan o'quv faoliyatlariningyangi turlarini 
yaratishdir. 
Xulosa qilib shuni aytish joyizki, ta'lim-tarbiya jarayonini 
tubdan isloh qilishdan ko'zlangan bosh maqsadimiz- barkamol insonni 
shakllantirish 
orqali o'z kelajagimizni ta'minlashdan iboratdir. 
Darhaqiqat, kelajagimiz egalari bo'lmish yosh avlodni tarbiyalash, biz 
pedagoglardan ma'suliyat talab qiladi. Ayniqsa, kelajak avlodda 
mustaqil fikrlash, mantiqiy fikr yuritish kabi ko'nikmalarni hosil qilish 
bugungi kun o'qituvchisining asosiy vazifasidir.

Yüklə 15,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin