319
Ilova
Axborot texnologiyalaridan atamalar va atamalarning izohlari
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi (AAT)
–
boshqaruv vazifalarini
hal etish uchun tizimli tashkil etilgan axborot jarayonlarini amalga oshirish usul
va vositalari majmui.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi
–
tashkilotning maqsadidan kelib
chiqadigan talablarga muvofiq axborot-larni yig’ish, qayta ishlash, taqsimlash,
taqdim etish uchun mo’ljallangan standart proseduralar, xodimlar, dasturiy
vositalar, asbob-uskuna, ma’lumotlarning o’zaro bog’lan-gan majmui; uning
elementlari: axborot, texnik, matema-tik, dasturiy, tashkiliy, huquqiy va
lingvistik ta’minot.
Adres
–
xotira
qurilmasidagi
axborot
yoziladigan
katakcha
(yacheyka)larning nomeri.
Algoritm
–
ma’lum bir turkumdagi hamma masalalarni yechishda
ishlatiladigan amallar tizimining muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq
qoida.
Algoritmik til
–
belgilar to’plami va bu belgilardan algoritmlarni yozish
uchun mo’ljallangan til konstruk-siyalarini tuzish va ifodalash qoidalari tizimi.
Dostları ilə paylaş: