328
Hisoblash tarmog’i
–
uzatish kanallari orqali o’zaro bog’langan
kompyuterlar majmui.
Hisoblash tizimi
–
hisoblash texnikasi majmui bo’lib, unga kamida ikkita
asosiy prosessor yoki hisoblash mashinasi va tashqi qurilmalarning rivojlangan
sistemasi kiradi.
Hisoblash – mantiqiy tizimlari
–
boshlang’ich ma’lumotlar asosida
boshqarishning ilmiy masalalarini reja-lashtirish va loyihalashtirish masalalarini
hal qilish imkonini beradigan tizimlar.
Hujjat
–
bu ma’lum bir qoidaga ko’ra rasmiylashtirilgan, belgilangan
tartibda tasdiqlangan qog’oz, ovoz yoki elektron shaklida aks ettirilgan axborot
yoki mustaqil ahamiyatga ega axborotlarning tarkibiy birligi.
Hujjat aylanishi
–
hujjatlarni yaratish, izohlash, uzatish, qabul qilish va
arxivlashtirish, shuningdek ularning ijrosini nazorat qilish hamda ularni
ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash tizimidir.
Hujjatlashtirilgan axborot
–
identifikasiya qilish imkonini beruvchi
rekvizitlari qo’yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot.
Dostları ilə paylaş: