O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti aminov I. B., Bustanov X. A., Raximov S. Z



Yüklə 15,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/197
tarix10.10.2023
ölçüsü15,41 Mb.
#129907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197
b45f8bb901485cba334ec72b5fe007cd AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish
Taqrizchilar: 
dotsent Nazarov U.(Samarqand DAQI) 
 dotsent Abdullayev A. (SamDU). 
Samarqand davlat universiteti kengashining 2020 yil 30 -
noyabrdagi 4 - sonli qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan. 
ISBN 978-9943-7041-0-7 
 
© I.Aminov,X.Bustanov,S.Raximov, 2020 



Kirish 
 
Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar va turlicha fikrdalar. 
Yapon 
olimlarining 
hisoblashicha, 
axborotlashgan 
jamiyatda 
kompyuterlash-tirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan
foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta 
ishlashni avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta’minlashga imkon 
beradi. Jamiyatni rivojlantirishda xarakatlantiruvchi kuch moddiy 
maxsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bo‘lmog‘i lozim. Moddiy 
maxsulot esa axborot jihatdan ancha serchiqim bo‘ladiki, bu uning 
qiymatida innovasiya, dizayn va marketingning ulushi oshishini 
anglatadi. 
Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun 
turmush tarzi ham o‘zgaradi. Bu jamiyatni sanoat jamiyatda farqi 
shunday bo‘ladi, axborotlashgan jamiyatda intellekt, bilimlar ishlab 
chiqiladi va iste’mol etiladi. Shuning uchun bu jamiyatda aqliy mehnat 
darajasi ko‘payadi. Insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladi, bilimlarga 
ehtiyoj oshadi. 
Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini 
kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari
telekommnikasiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
Ta’lim 
jarayonida 
talabalarni 
har 
tomonlama 
bilimini 
mustahkamlash, murakkab jarayonlarni yaqqol ko‘z oldilariga kelishi va 
vizual qabul qilishni amalga oshirish borasida kompyuter va axborot 
texnologiyalarining hissasi katta. Axborot texnologiyalarini o‘quv 
jarayonida qo‘llash nafaqat talabalar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 
yuqori bo‘lishini, balki ta’lim samaradorligining ham yuqori bo‘lishini 
ko‘rsatadi. Bundan tashqari hozirgi kunda har bir oliy o‘quv yurti yoki 
kasb-hunar kollejlarini bitiruvchilari yuqori malakali va zamon 
talablariga mos keladigan mutaxassis bo‘lib yetishishlari lozim.Shunday 
ekan, har bir mutaxassis o‘z ixtisosligi bo‘yicha chuqur bilimga ega 
bo‘lishi bilan birga hozirgi kunda barcha sohalarni keng qamrab 
olayotgan kompyuter bilan bevosita muloqot qila oladigan,zamonaviy 
axborot texnologiyalarini ish jarayoniga tatbiq eta olish malakasiga ega 
bo‘lishi kerak.
Buning uchun dastlab o‘qitish jarayonida har bir fanni zamonaviy 
axborot texnologiyalari bilan birgalikda bog‘lab o‘rgatish zarur bo‘ladi. 
Ta`lim sohasini kompyuterlashtirish, unga ahborot texnologiyalarini 
joriy qilish bilan bog‘liq muammolarni tadqiq qilishda muayyan 



yutuqlarga erishilgan bo`lsada, bu sohada yechimini kutayotgan 
masalalar ham talaygina.
Bu esa ta’lim tizimida, xususan o‘quv jarayonlarini tashkil etish 
va amalga oshirish, o‘quv-uslubiy ta’minotni rivojlantirish, ayniqsa 
o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tish va o‘zlashtirish samaradorligini oshirish 
borasida 
yangicha 
mazmun 
va 
mohiyat 
shakllanishiga 
asos 
yaratmoqda.Bunday ulkan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda 
o‘qituvchi va talabalarga davlat tilida kerakli o‘quv adabiyotlarini 
yetkazish alohida ahamiyatga ega. 
O‘quv qo‘llanma maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 
mo‘ljallangan bo‘lib, u “Axborot texnologiyalarining texnik ta’minoti”, 
«Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti»,”Axborotlarni qayta 
ishlash texnologiyalari“, «Ta’lim tizimida Internet tarmog‘idan 
foydalanish», “Ta’lim sohasida pedagogik dasturiy vositalari“ va 
“Multimediali ta’lim va masofadan o‘qitish texnologiyalari” mavzulari 
bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish bo‘yicha nazariy 
va amaliy bilimlarni o‘z ichiga olgan. 
O‘quv qo‘llanma “Axborot texnologiyalarining texnik ta’minoti”, 
«Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti»,”Axborotlarni qayta 
ishlash texnologiyalari“, «Ta’lim tizimida Internet tarmog‘idan 
foydalanish», “Ta’lim sohasida pedagogic dasturiy vositalari“ va 
“Multimediali ta’lim va masofadan o‘qitish texnologiyalari” mavzulari 
to‘g‘risida umumiy nazariy ma’lumotlardan iborat bo‘lib, takrorlash 
uchun savollar, nazorat uchun test savollari va foydalanish uchun 
adabiyotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan. 
Bundan tashqari o‘quv qo‘llanmadan “Axborot texnologiyalarining 
texnik 
ta’minoti”, 
«Axborot 
texnologiyalarining 
dasturiy 
ta’minoti»,”Axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari“, «Ta’lim 
tizimida Internet tarmog‘idan foydalanish», “Ta’lim sohasida pedagogik 
dasturiy vositalari“ va “Multimediali ta’lim va masofadan o‘qitish 
texnologiyalari” mavzularini nazariy va amaliy o‘rganishga qiziqqan 
barcha maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, oliy 
o‘quv yurti talabalari va magistrlari ham foydalanishlari mumkin. 




Yüklə 15,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin