O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti aminov I. B., Bustanov X. A., Raximov S. Z


Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullarini sinflashtirish



Yüklə 15,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/197
tarix10.10.2023
ölçüsü15,41 Mb.
#129907
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   197
b45f8bb901485cba334ec72b5fe007cd AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullarini sinflashtirish
1. Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullarini sinflashtirish.
 
Dastlabki nazorat
: Kelayotgan dasturlarni detektor dasturlari 
bilan tekshirish.
 
Profilaktika:
"Yozishdan himoyalangan" disketalar bilan ishlash, 
yozish uchun disketadan foydalanishni minimallashtirish, ilgarigi va 
amaldagi disketalarni alohida saqlash, dasturlarni vinchesterda 
arxivlangan holda saqlash.
 
Taftish (Reviziya):
Yangi dasturlarni maxsus dasturlar yordamida 
tekshirish.
 
Karantin: 
Har qanday yangi dastur yangi karantin muddatini 
o‘tashi lozim. Ular mutaxassislar tomonidan viruslarga tekshirilgan 
bo‘lishi kerak.


58 
 
Filtrlashtirish: 
FluSbot Plus, MaceVaccine, ANTIWS2 turdagi 
dasturlar orqali ehtimoldagi viruslarni tutish. 
 
Terapiya: (davolash). 
Dasturni dastlabki "sog‘lom" holatga 
keltirish. Bu ish har bir fayldan zararli viruslarni "tishlab olib tashlash" 
usuli bilan amalga oshiriladi. 
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, virusdan himoyalanish-
ning bir necha turdagi dasturiy vositalari mavjud: dastur-detektorlar 
(disketa yoki diskdagi viruslarni "tutadi") va dastur-faglar (viruslardan 
davolaydi). Dastur-fagalar zararlangan dasturlarni tiklashni ta'minlaydi. 
Ish jarayonida faga virus tanasini "tishlaydi" va virus o‘zgartirib 
yuborgan buyruqlar ketma-ketligini tiklaydi. Biz tilga olayotgan 
kompyuter viruslari fagasi hozirda yaratilib bo‘lingan. Hozir turli 
fagalarni yig‘ish bilan odamlar band bo‘lishmoqda. Bu, bizningcha, 
noto‘g‘ri. Asosiy e'tiborni zararlanishning oldini olishga qaratish lozim. 
"1 gramm profilaktika 1 kilogramm davolashga teng" maqoli naqadar 
to‘g‘ri. 
Antivirus dasturlarini ishlatishdagi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan 
xatolarga batafsil to‘xtab o‘tamiz. 
Antivirus vositalarini qo‘llashdagi eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xato 
- zararlangan kompyuterda ularni ishlatib yuborishdir. Virus 
aniqlangach, keyingi hatti-harakat quyidagicha bo‘ladi: 
kompyuterni 
o‘chiring va uni himoyalangan sistemali disket yordamida qayta 
yuklang (bunday disketa Sizda albatta bo‘lishi kerak). Mazkur disketada 
antivirus dasturlari joylashgan bo‘lishi kerak. Antivirus dasturini ishga 
tushiring. 
Zararlangan operatsion sistemalarda amallarni bajarish va 
dasturlarni ishga tushirish qo‘pol xato va misli ko‘rilmagan 
yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi. Jumladan, bunda hali zararlanmagan 
dasturlar 
ham 
talofat 
ko‘rishi 
mumkin. 
Masalan, 
Sizning 
kompyuteringiz RCE-1800 virusi bilan zararlangan bo‘lsin. Mazkur 
virusga mo‘ljallanmagan faga dasturni extiyotsizlik bilan ishlatish 
qolgan yuklovchi modullarni ham ishdan chiqaradi. 
Yana 
ko‘p 
uchraydigan 
xatolardan 
biri 
antivirus 
vositalarini haddan tashqari isho-nish. Garchand, bunday dasturlarni 


59 
juda yuqori darajadagi dasturchilar yaratsalarda, ular har doim ham 
ishonchli emas. Har qanday dastur kabi, ular ham xatolardan holi emas. 
Bu detektorlarga ham, fagalarga ham taaluqli. Shu yerda biz 
ta'kidlashimiz lozimki, biz faga deb atalayotgan dasturlar aslida 
"detektor-faga"ning o‘zi. Shuning uchun ularning ishida viruslarni 
aniqlashda ham, ularni davolashda ham xatolar bo‘lishi mumkin. 
Ishlatilayotgan detektorlar ko‘pincha viruslarni payqamay
zararlangan fayllarni o‘tkazib yuboradilar. Masalan, juda mashhur 
McAFee Associates firmasiga tegishli SCAN kompleks detektori 
bizning mamlakatimizda keng tarqalgan viruslarni payqamay o‘tkazib 
yuboradi va yangi, bir nechta yolg‘on ishlanmalar beradi. Shuning 
uchun bir nechta detektorlarni bir yo‘la qo‘llash "ovoz berish yo‘li 
bilan" zararli dasturlarning ro‘yxatini tuzish mumkin. 
Arxivda saqlanayotgan dasturlarga detektorlarni qo‘llash samarasiz 
ekanligini ta'kid-lash lozim. Bunda dasturlarni arxivdan ozod etish 
lozim. Aks holda, detektor mazkur fayllarni tekshirmaydi. Yana faga 
noo‘rin dasturning foydali qismini "tishlashi mumkin". Aynan shu yerda 
detektor yolg‘on axborot bergan bo‘ladi. Faga ishlab turgan dasturni 
ishdan chiqarishi hech gap emas. Yana bir eng katta, yo‘l qo‘yiladigan 
xatolardan biri himoyalanmagan disketaning qo‘lma-qo‘l yurishi va 
ishonchsiz disketalarni yuklashdir. Shuning uchun disketalarni doimo 
himoyalash kerak. Faqat ishonchli disketalardangina foydalanish darkor 
va yana bir yo‘l qo‘yiladigan xatoga maxsus to‘xtalamiz. Bu A disk 
yuritgichda disketa bo‘la turib, kompyuterni qayta yuklashdir. Bunda 
BIOC aynan disk yuritgichdagi disketadan dasturni yuklaydi, natijada 
disketadagi boot-virus vinchesterga yuqadi. 
Faganing sifati, eng avvalo, u qayta ishlayotgan viruslar soniga 
bog‘liq. Bundan tashqari, interfeys qulayligi ham muhim ahamiyat kasb 
etadi. Bular faganing hisobotini yaxshilaydi. Odatda, fagalar bir necha 
viruslarga mo‘ljallangan bo‘lib, qolganlari uchun samarasiz bo‘lishi 
mumkin.

Yüklə 15,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin