O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti aminov I. B., Bustanov X. A., Raximov S. Z



Yüklə 15,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/197
tarix10.10.2023
ölçüsü15,41 Mb.
#129907
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   197
b45f8bb901485cba334ec72b5fe007cd AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Ma’lumot tashuvchilar. 
CD-R(Compact Disc-Recordable – 
yoziluvchi kompakt disk
), CD-RW 
(
Compact DiskRewritable
- 1000 
martagacha qayta yozish mumkin bo‘lgan disk) - lazerli (kompakt) 
diskga 650 Mbayt (700 Mbayt) hajmdagi ma’lumotni yozish mumkin.
DVD 
(Digital Versatile Disk) disklar bir yoki ikki taraflama 
ma’lumot yozish imkoniyatini beradigan tarzda tayyorlanadi. Taraflari 
soniga qarab DVDlar DVD-5, DVD-9, DVD-10, DVD-14, DVD-18 
turlarga bo‘linadi va mos ravishda 5, 9, 10, 14, 18 Gb ma’lumotni 
saqlaydi.
HD DVD 
(yuqori aniqlikdagi raqamli universal disk) – DVD 
disklarga nisbatan yuqori aniqlik va hajmga ega. HD DVD disklar DVD 
disklarga qaraganda 5 marotaba ko‘proq axborotni saqlaydi. HD DVD 
disklardagi axborotlar bir qatlamli diskda 15Gb, ikki qatlamli diskda 
30Gb ni tashkil qiladi.


224 
Blu-ray Disc, BD 
(ingl. blue ray — xavo rang nur va disc-disk)-
optik disk tashuvchi formati bo‘lib, raqamli axborotlarni hamda yuqori 
aniqlikdagi videomateriallarni katta zichlikda yozish imkonini beradi. 
Blu-ray Disc dagi axborotlarni o‘qishda qisqa to‘lqinli lazer (405 nm) 
dan foydalaniladi. Ushbudisklardagi axborot hajmi bir qatlamli diskda 
25Gb, ikki qatlamli diskda 50Gbni tashkil qiladi.
Manipulyatorlar. 
Kompyuterni boshqarish uchun sodda, qulay va 
ommmabop bo‘lgan qurilmalardan biri bu manipulyator (sichqoncha) 
hisoblanadi

Sichqoncha, oyoq manipulyatori, sharikli manipulyator (trekbol), 
djoystik 
Ta’limda mul’timedia texnologiyalaridan foydalanish. 
Jahon 
miqyosida nazar soladigan bo‘lsak kompyuter grafikasi va dizayn juda 
ham keng darajada rivojlangan. Ularni amalda anchadan buyon qo‘llab 
kelishmoqda. Lekin bu yaratilayotgan barcha dasturlar, roliklar, 
dizaynlarning asosiy qismi kinofilmlar, multfilmlar, web-saytlar uchun 
yaratilmoqda. Maxsus saytlarda fanlarga mavzulashtirilgan multimediali 
darsliklarning kamligi, borlarini ham aniq bir fanni mavzularini to‘la 
yoritib bera olmasligi ta’lim sohasiga yanada ko‘proq e’tibor berish 
lozimligini e’tirof etadi. Lekin elektron darsliklar ichiga kiritilgan matnli 
yozuvlar, rasmlardan hozirda grafikaning eng zamonaviy yo‘nalishi 
bo‘lgan roliklarning yaratilishi saytlarga va shunga tegishli bo‘lgan 


225 
narsalarga qiziqishni oshiradi. To‘g‘ri bu sohada ko‘p ishlar amalga 
oshirilgan. Darslarning multimedia imkoniyatlaridan foydalanib o‘tilishi 
o‘qituvchilarga bir qancha qulayliklar tug‘diradi. Chunki, shu fanga 
mavzulashtirilgan ovozli dasturlar, rasmli ishlanmalar, harakatli 
yozuvlar (prezentatsiyalar), multiplikatsiya ko‘rinishida yaratilgan 
filmlar, animatsiyalar bir tomondan o‘qituvchi uchun yangillik bo‘lsa, 
ikkinchi tomondan ta’lim oluvchilar uchun qiziqarli va diqqatini o‘ziga 
jalb qiladi va mavzuni yaxshi o‘zlashtirilishiga turtki bo‘ladi.
Multimedia 
texnologiyalarining 
afzalliklari 
va 
alohida 
xususiyatlarini sanab o‘tamiz:
- turli xil ko‘rinishdagi katta xajmdagi axborotlarni bitta diskda saqlash 
imkoniyati mavjud (bir necha bobli matnlarni, minglab yuqori sifatli 
tasvirlarni bir necha soatli film va roliklarni hamda tovushli 
axborotlarni);
- sifati saqlangan holda ekranda tasvirlarni qismlarga ajratish yoki ularni 
eng qiziq hamda kerakli qismlarini kattalashtirish imkoni mavjud;
- grafiklar, tasvir va rasmlarni qiyosiy tahlil qilish, ularning 
ko‘rsatgichlarini hisoblash, ilmiy yoki o‘rganish maqsadida dasturiy 
vositalar yordamida ishlov berish imkoniyati;
- tasvir yoki tasvirni yoritish maqsadida foydalanilgan matn hamda 
boshqa ko‘rsatilayotgan axborotdan kalit so‘zlarni yoki tasvirni kerakli 
qismini ma’lumot olish hamda tushuntirish uchun kerakli axborotni 
ajratib olish imkoniyatlari mavjud;
- statik yoki dinamik tasvirga monand uzluksiz musiqa hamda boshqa 
audio ta’minotini olib borish imkoniyati;
- «stop-kadr» (kadrni to‘xtatish) ish tartibidan foydalanib videoyozuv 
lavhasidan foydalanish imkoniyati;
- global Internet tarmog‘iga ulanish hamda uning resurslaridan 
foydalanish imkoniyati mavjud;
- grafik va tovush redaktorlari, kartografik axborot va matnlarga ishlov 
bera oladigan shaxsiy amaliy dasturlar bilan ishlash mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan afzallik va xususiyatlardan tashqari yana 
ko‘pgina imkoniyatlar ham mavjud, jumladan, tasvirni yaxlit yoki bir 
qismini avtomatik ravishda ko‘rish, tanlangan joyini saqlab qolish va 
belgilab qo‘yishlardir6.
Multimedia tizimlarini paydo bo‘lishi axborot texnologiyalarini 
rivojlanishiga va ilm-fanda, talimda, savdoda (biznesda) tibbiyotda keng 
ko‘lamda tadbiq etilishiga turtki bo‘ldi.


226 
Axborot texnollogiyalarining multimedia vositalari o‘quv 
jarayonida quyidagi eng muhim jihatlari bilan alohida ahamiyatga 
egadir:
- differensial va individual o‘qitish jarayonini tashkil qilishi;
- o‘qish jarayonini baholash, teskari aloqa bog‘lashi;
- o‘zini-o‘zi nazorat qilish va tuzatib borishi;
- o‘rganilayotgan fanlarni namoyish etishi va ularning dinamik 
jarayonini ko‘rsatishi;
- fan mavzularida animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi 
kompter va axborot texnologiyalardan foydalanishi;
- o‘quvchi–ta’lim oluvchilarga fanni o‘zlashtirish uchun strategik 
ko‘nikmalar hosil qilishi va hokazo.
Shuningdek, multimedia vositalarining amaliy tomoni, ulardan o‘quv 
jarayonida foydalanish va kelgusida ta’lim tizimida o‘quv jarayoni 
uchun ma’lumotlar bazasini va animatsion taqdimotlar yaratishdek 
muhim vazifani amalga oshirishga zamin hozirlaydi.
Multimedia gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar 
texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:
- axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar 
va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, 
telekadrlar, animatsiya va boshqalar), turlarini bir dasturiy mahsulotda 
integratsiyalaydi;
- muayyan vaqtdagi ish, o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va 
grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning 
ma’lum oralig‘ida ko‘rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni 
kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez 
harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o‘tkazish qobiliyati 
operativ va video-xotira, katta sig‘imli tashqi xotira, hajm va kompyuter 
kirish-chiqish kanallari bo‘yicha almashuvi tezligini taxminan ikki 
barobar oshirilishi talab etiladi;
- “inson-kompyuter” interaktiv muloqotning yangi darajasi, bunda 
muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama 
axborotlarni oladiki, mazkur holat ta’lim, ishlash yoki dam olish 
sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi;
- multimedia vositalari asosida o‘quvchilarga ta’lim berish va 
kadrlarni qayta tayerlashni yo‘lga qo‘yish hozirgi kunning dolzarb 
masalasidir. 
Rivojlangan mamlakatlarda o‘qitishning usuli hozirgi kunda ta’lim 
sohasi yo‘nalishlari bo‘yicha tadbiq qilinmokda. Amaliyot shuni 


227 
ko‘rsatmoqdaki, multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish 
ikki barobar unumli bo‘lishi bilan birga vaqtdan ham yutish mumkin. 
Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni tejash 
mumkin bo‘lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib 
qoladi. Agar o‘quvchilar berilayotgan materiallarni ko‘rish asosida qabul 
qilsa, axborotni xotirada saklash 25-30% oshadi. Bunga qo‘shimcha 
sifatida o‘quv materiallari audio, video va grafika ko‘rinishda 
mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab kolish 75% 
ortadi. Bunga multimedia vositalari asosida o‘quvchilarga chet tillarni 
o‘rgatishda yana bir bor ishonch xosil qilindi.
Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish kuyidagi 
afzalliklarga ega:
- berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish 
imkoniyati borligi;
- ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi 
yanada ortadi;
- ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga 
erishish;
- olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq saqlanib, kerak bo‘lganda 
amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi.
Multimedia vositalari asosida o‘qitish jarayonida aniq fanni 
kompyuter asosida to‘liq o‘qitish, ma’ruza matnlarini taxrirlash
o‘quvchilar topshirgan nazorat natijalarining tahlili asosida ma’ruza 
matnlarini bayon qilish uslubini yaxshilash, o‘quvchilar axborot 
texnologiyalarini multimedia vositalari asosida animatsiya elementlarini 
dars jarayonida ko‘rishi, eshitishi va mulohaza qilish imkoniyatlariga 
ega bo‘ladi.
Sifatli multimedia ilovalari ishlab chiqishga yo‘naltirilgan turli-tuman, 
bir biridan farqli texnologik usullar mavjud.

Yüklə 15,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin