O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti aminov I. B., Bustanov X. A., Raximov S. Z



Yüklə 15,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/197
tarix10.10.2023
ölçüsü15,41 Mb.
#129907
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   197
b45f8bb901485cba334ec72b5fe007cd AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Reja: 
1.
 
Axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari 
2.
 
Matn muharrilkarida axborotlarni qayta ishlash. 
3.1
 
Axborotlarni axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari.
O‘tgan asrning 60-yillarida axborot texnologiyalari sohasida ilk 
qadamlar tashlanganida bu insoniyat taraqqiyotiga qanday ta’sir etishi 
mumkinligini hech kim tasavvur ham etmagandi. Axborot, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) yoki mediatexnologiyalar 
bugungi kunda hayotimizning har bir sohasidan mustahkam o‘rin 
egallamoqda. 
Kun sayin turmush tarzimizda, uyda, ish faoliyatimizda AKTdan 
samaraliroq foydalanmoqdamiz. Ota-onalar allaqachonlar farzandlariga 
axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanishga ruxsat berib 
qo‘yganlar. Bola hayotining dastlabki kunlaridanoq mazkur vositalar 
orqali AKT bilan tanishib, undan foydalanishga odatlanmoqda, sababi 
bolani ovuntiruvchi turli moslamalar, uning o‘yinchoqlarida ham 
zamonaviy AKTning roli mavjud. Bola ulg‘aygani sari esa AKTning 
ta’siri 
oshirilib, 
keng 
foydalaniladigan 
o‘yinli 
ko‘ngilochar 
qurilmalardan foydalanmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
bolalar ongiga kuchli ta’sir etuvchi ijtimoiy munosabatlar o‘rniga virtual 
olam imkoniyatlarini taqdim etib, mazkur ekranli texnikaga qaram 
bo‘lib borayotgan bolalarning rivojiga haqiqiy xavf tug‘dirmoqda. 
Keyingi yillarda hatto maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun 
mo‘ljallab ishlab chiqarilgan va bozorga olib chiqilayotgan elektron 
qurilmalar, jumladan: videokassetalar va DVD-disklar, turli qiziqarli 
o‘yinchoqlar turi va soni ham ortib bormoqda. Hozircha ota-onalarning 
o‘zlari ham qiziqib sotib olayotgan bo‘lsalarda, biroq ularning bolalar 
ongiga qanchalik darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bilmaydilar, 
sababi mazkur muammoga bag‘ishlangan keng miqyosli ilmiy-
tadqiqotlar deyarli mavjud emas. 
Bugungi kunda AKT haqida so‘z borganda, ko‘pincha kompyuter 
va kompyuterlashgan qurilmalarni tasavvur etadilar, aslida, uning 
tarkibiga ko‘plab elementlar: video, DVD, kompyuter, planshet, mobil 
telefonlari, o‘yinli pristavkalar va eng birinchi navbatda, zamonaviy 


84 
televizor kiradi. Ota-onalar kompyuterni televizorga nisbatan eng 
avvalo — ta’lim vositasi deb biladilar. Shu sababli ham bola biror 
yutuqqa erishishi uchun qiziqtiruvchi, rag‘batlantiruvchi vosita sifatida 
mazkur qurilmalarni sovg‘a qilishni va’da qiladilar. Ta’limda 
kompyuterning roli haqida gap ketganda, uni eng avvalo, bolalarning 
intellektual rivojiga ta’sir etuvchi omil deb sanaydilar. Biroq chet ellik 
ayrim pedagog-olimlar va tibbiyot mutaxassislarining olib borgan 
tadqiqotlariga ko‘ra maktabgacha va boshlang‘ich sinf yoshidagi 
bolalarga ushbu elektron axborot vositalari o‘zining salbiy ta’sirini ham 
ko‘rsatishi, bu yoshda bolalar tarbiyasiga, ayniqsa, e’tiborli bo‘lish 
zarurligini ta’kidlamoqdalar. Axir kichik yoshdagi bolalar bugungi 
kunda atrofdagi voqelikka bo‘lgani kabi AKT va Internet taqdim 
etayotgan imkoniyatlarga ham juda e’tiborli bo‘lib, tez ilg‘ab 
olmoqdalar. 
Bugungi kunda bolalar rivojiga kompyuter texnologiyalari 
ta’sirining ko‘zga tashlanib turgan ayrim jihatlarini ko‘rib chiqaylik. 
Oilalarda mediatexnologiyalardan qanchalik ko‘p foydalanilib borilishi 
bilan bolalarga bilim beruvchi, savodxonlikni o‘rgatishga yordam 
beruvchi dasturlar soni ham ko‘payib bormoqda. Bundan tashqari, 
Internet tarmog‘iga ulangan televideniye va kompyuter qurilmalari 
bolalar uchun atrof-muhitni va hayotiy vaziyatlar bilan tanishib borishda 
katta imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Haqiqatdan ham zamonaviy 
ta’limiy muhit ko‘z oldimizda kompyuter texnologiyalarisiz shakllana 
olmaydi. Bolalar bilimi va dunyoqarashini kengaytirisda Internetga 
ulangan qurilmalar taqdim etadigan turli ta’limiy resurslar muhim 
ahamiyatga molik. Kompyuter o‘yinlarining mazmunida fan bo‘yicha 
ta’limiy materiallarning berilishi o‘qishida muammosi bo‘lgan bolalar 
uchun juda foydali omil bo‘ladi. Kompyuterni maktabgacha tarbiya 
muassasalari va umumiy ta’lim maktablari ta’lim tizimiga joriy 
etayotgan tarbiyachi hamda o‘qituvchilar kompyuterni samarali 
zamonaviy ta’limiy texnik vosita deb hisoblaydilar, uning yordamida 
bolalar rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi ta’lim va tarbiya jarayonini 
qiziqarli tarzda rang-barang mazmun bilan boyitish mumkin. 
Ma’lumki, kompyuter qurilmasining o‘ziyoq bolani o‘ziga 
qiziqtirib jalb etadi, bolani tezroq bilishga undaydi. Kompyuterdan 
foydalanib, 
o‘tilgan har bir dars o‘quvchilarda emotsional 
ko‘tarinkilikka, muvaffaqiyatga erishishga, topshiriqlarni bajarish uchun 
intilishga majbur etadi. Biroq bola bilan ta’limiy maqsadlarda 


85 
kompyuterdan foydalanishda ko‘plab omillarni hisobga olish zarur 
ekanligini unutmaslik lozimligi ta’kidlanmoqda. 
Boshlang‘ich sinf bolalarida vizual - majoziy fikrlash ustunlik 
qiladi. Ushbu yoshdagi bolalarning faoliyatini tashkil qilishda asosiy 
printsip - bu ko‘rish printsipi. Turli xil tasviriy materiallardan 
foydalanish, statik va dinamik bo‘lib, DOE o‘qituvchilariga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri o‘quv mashg‘ulotlari va bolalar bilan birgalikdagi tadbirlar 
davomida o‘z maqsadlariga tezda erishishga imkon beradi. Internet 
resurslaridan foydalanish o‘quv jarayonini axborotga boy, qiziqarli va 
qulay qilish imkonini beradi. 
AKT bo‘yicha mashg‘ulotlar turlari: 
1. 

Yüklə 15,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin