“O’zbekiston havo yo’llari” aviakomaniyasida 2 yoshgacha bolalar uchun xalqaro
bilet narxi qo’llanilayotgan tarifning 10 %ini tashkil qiladi (alohida joysiz va bepul
bagajini tashishsiz).
Bitta katta yo’lovchi 90 % chegirma bilan 2 yoshgacha bitta go’dakni olib
ketishi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi kichkintoylarga esa aviabiletlar 12
yoshgacha bolalarniki singari rasmiylashtiriladi. Bu katta yoshdagilar uchun to’liq
tarifning 50 % qiymatidir. Maxsus tariflarga chegirma foizi alohida qoidalar bilan
belgilangan. Bilet joyga va bagajni bepul tashishga tegishli klass xizmatlari bilan
huquq beradi. Parvoz chog’ida ikki yoshgacha bo’lgan bolalarni kattalar kuzatib
borishlari kerak. 10 oylikkacha, og’irligi 10 kg bo’lgan emizikli go’daklarga maxsus
beshik beriladi, bu haqda aviabiletga buyurtma berayotganda uchishdan kamida 24
soat oldin xabar berish lozim.
Nogironlarni ko’chishi bo’yicha xizmatlar zarurati haqida (nogironlar kreslosi,
kuzatuv, maxsus sharoit) aviabiletlarga buyurtma berayotganda xabar qilish tavsiya
etiladi, lekin uchishdan kamida 7 soat oldin aytilishi kerak. Bemor yo’lovchilar tibbiy
ko’rikdan o’tganliklari haqida ma’lumotnomaga ega bo’lishlari lozim. Tashuvchi
quyidagi kategoriya yo’lovchilarni tashishni rad etishi mumkin: ularning jismoniy
holati uchish xavfsizligiga tahdid tug’dirsa yoki boshqa yo’lovchilar uchun
noqulaylik paydo qilsa.
Dostları ilə paylaş: