O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


 Parvoz rejimi va yo’lovchilarga asosiy talablar



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə107/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

13.7. Parvoz rejimi va yo’lovchilarga asosiy talablar
Parvoz chog’ida elektron priborlardan foydalanish mumkin, ammo yerdan
ko’tarilayotganda, balandlik olayotganda qo’nishga kirayotganda, qo’nayotganda
bunga yo’l qo’yilmaydi. Parvoz xavfsizligini ta’minlash uchun samolyotning sezgir
radionavigasiya asboblari ishlashiga halaqit bermaslik lozim. Bu haqda to’liq
axborotlarga bortprovodniklar ega. Shuning uchun ularni uchish chog’ida e’lonlarini
diqqat bilan eshitishi kerak. Xususan, “O’zbekiston havo yo’llari” aviakompaniyasi
samolyotlari bortida radiopryomniklar, mobil telefonlar, portativ televizorlar,
distasion boshqaruv o’yinchoqlar, printerlar va SD plastinka qo’ygichlardan
204



foydalanishga ruxsat berilmaydi. Gap shundaki, bu priborlar ishlashi samolyot


radiochastotalari va navigasiya sistemasi ishiga halaqit beradi. Bulardan tashqari,
uchish va qo’nish chog’ida portativ kompyuterlar, kalkulyator va elektro ustaradan
foydalanish ham ta’qiqlangan. Bu ehtiyot choralarining barchasi parvoz va
yo’lovchilar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
Bilet sotib olayotganda turist operatordan uchish chog’ida chekish mumkinmi,
yo’qmi, aniqlab olishi kerak. Ayrim reyslarda, o’rta masofaga uchuvchi
samolyotlarda chekish ta’qiqlangan. Ba’zi aviakompaniyalar umuman chekishni
ta’qiqlaydi. Masalan, Lufthansa (“nonsmoker only”), “Aeroflot”, “O’zbekiston havo
yo’llari” aviakompaniyalarida chekish ta’qiqlangan.
Agar havo kemasi bortida ruxsat berilgan bo’lsa, o’rnida o’tirgan holda yoki
chekuvchilar uchun ajratilgan joyda chekish lozim. Bunda quyidagi xavfsizlik
qoidalarini hisobga olish kerak:
- samolyotga o’tirayotganda yoki undan chiqayotganda chekish ta’qiqlanadi;
- “Chekmang! – Ne kurit!” yoritgich tablo yonib turganda chekish ta’qiqlanadi;
- samolyot xojatxonasi kabinasida umuman chekish man etiladi bu yong’in
chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. Kreslolar o’rtasidagi yo’lakda ham xuddi shunday:
mumkin emas;
- hamma holatlarda yo’lovchilarga faqat sigareta chekishga ruxsat beriladi,
trubka yoki sigara chekishda hid kuchli va ularning yonuvchi qismi juda katta.
Ekipaj samolyot bortiga mast yo’lovchilarni qo’ymaslikka haqi bor. Bort
provodniklar uni faqat voyaga yetgan yo’lovchilargagina taklif etadi. Bortda tarkibida
narkotik modda mavjud dori-darmonlarni qabul qilish ta’qiqlangan. Bundan vrach
kuzatib borayotgan bemor mustasno.
Homilador ayollarga tug’riqqa keyingi to’rt hafta qolganida uchish tavsiya
etilmaydi. Agar uchishni hyech ham qoldirib bo’lmasa, vrach unga uchishga 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin