O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


 Turist uchun yana ayrim aniqliklar



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə109/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

13.9. Turist uchun yana ayrim aniqliklar
Aeroport yig’imi. Qoida bo’yicha rivojlanayotgan mamlakatdan uchib
ketayotganda aeroportda olinadi. Bilet qiymatiga bunday yig’im kirmaydi. Odatda
aeroport yig’imlari miqdori $8-40 atrofida bo’ladi.
Tariflar. “O’zbekiston havo yo’llari” aviakomaniyasi normal (yillik) va
maxsus (imtiyozli) tariflarni qo’llaydi. Odatda o’zining ekonom, biznes va birinchi
klass reyslarida normal (yillik) tariflarga amal qiladi va qaytib uchib kelish kunini
208



ochiq qoldiradi. Imtiyozli tariflar ekonom klassni bronlashtirishda joriy etiladi va


ba’zan biznes klassda ham qo’llaniladi.
Toshkent” aeroportida yo’lovchilarni ro’yxatga olish. Ro’yxatdan o’tishga
uchishga 2-1,5 soat qolganda tayyor turish kerak, agar reys mahalliy (O’zbekiston
bo’ylab) bo’lsa, agar xalqaro reys bo’lsa – 3 soat oldin boshlanadi. Uchishga 30-40
minut qolganda tugallanadi. Agar turist registrasiyaga kech qolsa, aviakompaniya uni
tashishdan voz kechishi mumkin. Registrasiyada yo’lovchiga o’tirish uchun talon
beriladi. U samolyotga chiqayotganda ko’rsatiladi. Talon bo’lagini mo’ljaldagi
manzilga borguncha saqlab qo’yish kerak.
Reysga kelmaslik. Agar yo’lovchi biror bir sabab bilan reysga kelmay qolsa
yoki registrasiyaga kech qolsa va uni samolyotga chiqishga ruxsat berilmasa broni
avtomatik ravishda bekor bo’ladi.
Samolyot salonida joyga buyurtma. Har qanday yo’lovchi bilet sotib
olayotganda, bron qilganda samolyot salonida aniq joyga buyurtma berishga haqli:
ma’lum raqam, deraza oldidan, yo’lakdan, chekuvchilar yoki chekmaydiganlar va
h.k.dan. Maxsus joylar bor, go’dakni lyulkasi bilan qo’yish mumkin, nogironlik
kreslosini joylashtirsa bo’ladi va h.k. Joy so’rash xizmati – bepul, biroq
aviakompaniya so’ralgan joyni rad etish huquqini hamisha o’zida saqlab qoladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin