2-mavzu. Xavfsizlik tizimiga kompleks yondoshuv
Reja:
2.1.Turistik sistemalar faoliyatining umumiy aspektlari
2.2. Turistlar himoyasi va xavfsizligi masalalarining xususiyatlari
2.1. Turistik sistemalar faoliyatining umumiy aspektlari
Hyech shubha yo’qki, shaxsiy xavfsizlik
tushunchasi juda muhim va
qadimiydir. U har bir turist uchun xuddi ovqatlanish, uyqu, suv va havodek zarur.
Shuning uchun ham sayohat chog’ida turistlarning xavfsiligini ta’minlash turistik
firmalarning, shuningdek turistlar keladigan mamlakat hukumatining bosh
vazifalaridir. Turistlar xavfsizligini ta’minlash uchun davlat
organlari va turistik
firmalar tomonidan bir qancha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga
oshiriladi. Bunda dam olish va sayohat joylaridagi
ekologik holat va siyosiy
barqarorlik birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Me’yoriy bu omillar muvofiq
kelmagan taqdirda turizm qiyin ahvolda qoladi va xavf-xatarsiz bo’lmaydi. Bunday
holatda sayohat qilinayotgan mamlakat (hudud)dagi ekologik va siyosiy vaziyatlar
haqida turistlarga to’g’ri va to’liq axborot berish juda muhimdir. Agar turistik
firmalar siyosiy notinch va noqulay ekologik hududlarda
xavfsizlikni kafolatlay
olishmasa, bu hududlarda sayohatlar kamayadi. Bunga misollar ko’p. Masalan, Fors
ko’rfazidagi urush chog’ida o’sha davrda bu hudud mamlakatlariga sayohatlar 90
%ga qisqardi. Xuddi shunday vaziyat bizning davrimizda Yugoslaviya va Kavkazda
ham sodir bo’ldi. Noqulay ekologik holatdagi rayonlarda ham sayohatlarga
chiqilmaydi, xususan, Kiyev viloyati, Belorussiya va boshqalar. 2002 yil kuzida Bali
orolida sodir etilgan terroristik tajovuzlardan keyin Indoneziyaga kelayotgan xorijiy
turistlar oqimi kamaydi, o’sha yili Moskvadagi fojiali
voqyealar esa jangarilar
sayohat sohasiga jiddiy talofat yetkazishi mumkinligini ko’rsatdi. Xususan, xorijiy
tashrif buyuruvchilarni zo’ravonlik bilan garovga olish singari jirkanch ishlarga qo’l
urilayapti.
29
Yoddan chiqarmaslik kerak, turfirmalar xodimlaridan farqli ravishda turist o’zi
uchun mutloqa notanish joyga safavrga otlanadi, u yerda iqlim qanday,
himoya
vositalari qanaqa, sayohat chog’ida qanday dori-darmonlar zarur bo’ladi, hamisha
bilavermaydi. Unga begona mamlakatda til bilmaslik oqibatida mo’ljal olish qiyin
kechadi. Sayohat chog’ida turistga zarur bo’ladigan bunday narsalarni tushuntirish,
maslahat berish turfirmalar vazifasidir.
Eng avvalo u yoki bu mamlakatga marshrut ishlab chiqilayotganda xavfsizlik
choralari hisobga olinishi kerak. Shu maqsadda ekspertlar ko’rsatkichlari asosida
tegishli jadval ishlab chiqish mumkin (2.1-jadvalga qarang).
Ta’kidlash zarurki, sosiologik so’rovlarga asoslangan bu baho indikatori,
shuningdek vaziyatni statistik va daliliy materiallarga
tayanib tahlil etish ijobiy
xarakter kasb etadi. Albatta, u turoperatorlar uchun direktiv ko’rsatma yoki
belgilangan tartib bo’lishi mumkin emas, ko’zda tutilgan bo’lishi va unga amal
qilinishi lozim. Bunday jadvalni turistik korxona ham, milliy turistik ma’muriyat ham
tuzishi mumkin.
2.1-jadval
Dostları ilə paylaş: