- mudofaa qobiliyati ega va jinoiy tahdid tug’diruvchi – bular qurollar, o’q-
dori, harbiy texnika, uskunalar va harbiy kiyim-kechaklar;
- ekologik muhitni buzuvchi kimyoviy dorilar, radioaktiv moddalar;
- aholi salomatligiga zarar yetkazuvchi giyohvandlik, psixotrop dorilar;
- jamiyatning ahloq-odob qoidalariga zid pornografiya;
- davlat siyosiy tuzumiga zararli adabiyotlar: hukumatni ag’darish, irqiy va
diniy toqatsizlik, buzg’unchilikka undovchi adabiyotlar.
Bojxona turistning tovar va buyumlari, ularning soni, sayohatning tijoriy
maqsadda deb hisoblasa, ulardan poshlina undirishi mumkin. Tabiiyki, mamlakatga
kirishdan avval turist bojxona tartib-qoidalarini o’rganishi, ayniqsa shaxsiy
buyumlari, yuki va tovarlarni, qimmatbaho buyumlari bilan ko’ngilsizlik kelib
chiqmasligi uchun deklarasiya jarayonlarini bilishi kerak.
3.6. Tibbiy tartib-qoidalar
Ilgari mamlakatda uchramagan u yoki bu kasalliklarni tarqalishi munosabati
bilan davlat chegarda sanitariya nazorati joriy etadi, xususan, aeroportlarda, temiryo’l
tugunlarida, avtovokzallarda. Negaki, bemor kishi yoki kasal uy hayvoni sanoqli
soatlarda mamlakatga boshqa bir qit’adan ikkinchi qit’aga yuqumli kasallikni olib
o’tishi, ilgari bunday kasallik bilan og’rimagan, unga qarshi immunitet hosil
qilmagan (masalan, ebola virusi, mol quturishi va boshqalar) aholiga yuqtirishi
mumkin. Bunga qarshi rasmiy tartib-qoidalar nafaqat har bir davlatda ichki me’yoriy
hujjatlarda, balki Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti qoidalarida ham belgilab
qo’yilgan. To’g’ri, hozirgi paytda sanitariya postlarida yagona talab qilinadigan hujjat
sariq bezgakka qarshi emlangani to’g’risidagi sertifikatdir.
O’zbekistonda bu borada ijobiy tajriba to’plangan. Sog’liqni saqlash vazirligi
“O’zbekturizm” milliy kompaniyasini (u orqali xususiy firmalarni), milliy
aviakompaniyani jahonning turli mamlakatlaridagi epidemiya va sanitariya
xavfsizligi to’g’risida ma’lumotlardan xabardor qiladi.
Boshqa tomondan, sanitariya nazorati tibbiy sug’urta mavjudligini talab
qilishga haqli, negaki, u turistni sog’ligi va baxtsiz hodisalardan muhofazasi uchun
59
zarur hisoblanadi. Misol uchun, turist Shengen zonasi davlatlariga yo’l olar ekan,
tegishli xalqaro tibbiy sug’urta guvohnomasiga (sug’urta polisi Shengen barcha
mamlakatlarida haqiqiy hisoblanishi zarur) ega bo’lishi lozim.
JARda baxtsiz hodisa, kasallik kasalxonada bo’lish harajatlarini o’z zimmasiga
oladigan sug’urtaga ega bo’lish tavsiya etiladi. JARga tashrif buyuruvchi turistlar
agar sariq bezgak zonasidan kelishgan bo’lsalar, shu kasallikka qarshi
emlanganliklarini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatga ega bo’lishlari lozim. 1 yoshgacha
bo’lgan bolalarga bu qoida amal qilmaydi. Chechak va xoleraga qarshi emlanish ham
talab etilmaydi.
O’zbekistondagi Chexiya elchixonasi sayohatchidan Chexiyada bo’lgan davri
uchun tibbiy sug’urta hujjatlarini talab qiladi, bu jarohat olish yoki kutilmaganda
kasal bo’lib qolish, bemorni tashish, davolash yoki murdani jo’natishda sarflangan
harajatlarni qoplash uchun zarur bo’ladi.
Latviyaga kirish uchun tibbiy sug’urta guvohnomasi talab qilinmaydi, shunga
qaramasdan, turistlarga sug’urtalanish tavsiya etiladi.
Yuqorida sanab o’tilganlarning barchasidan ko’rinib turibdiki, tibbiy nazorat
mavjudligi eng avvalo turistning o’zini sog’ligi haqida g’amxo’rlik, qolaversa tashrif
buyuruvchi borayotgan mamlakat aholisi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan.
Shu bilan birga bilib qo’yish kerakki, ayrim mamlakatlarda u yoki bu dori-
darmonlarni olib kelish ta’qiqlangan. Xususan, 2000 yil yozida Avstraliyada Olipiada
o’yinlarini yoritishga borgan o’zbek jurnalisti o’zi foydalanadigan soch to’kilishiga
qarshi dorini olib kirgani uchun sud oldida javob bergan. Jurnalist inglizcha bilmagan
va unga elchixonada taqdim etilgan ta’qiqlangan medikamentlar ro’yxatidan uni
topolmagan. Natijada jarima to’lagan.
Dostları ilə paylaş: