4.1. Kriminal xavfsizlik umumiy masalalari
Birinchi sayohat paydo bo’lgan yuz ming va ming yillar avvalgidek
iqtisodiyotning tarmog’i sifatida turizm shakllangan davr (19 yuz yillik oxiri)dan
boshlab, inson oldida butun marshrut davomida shaxsiy xavfsizligini saqlash vazifasi
ko’ndalang bo’lib turadi. Birinchi navbatda tashrif buyuruvchiga kriminal soha tahdid
soladi. Qaysikim, ataylab yoki tasodifan, yo o’zi bilmagan holda duch kelib qolishi
mumkin. Shu munosabat bilan har qanday turoperator va turistga o’zini himoya qilish
choralarini ko’rish zarurati tug’iladi. Gap ularni o’zini himoya qilish uchun qurol
sotib olishi haqida ketmayapti (ko’pchilik mamlakatlarda chet ellikka qurol saqlash
va undan foydalanish ta’qiqlanadi), gap qonunda ko’zda tutilgan va rasman ruxsat
berilgan u yoki bu xavfsizlik choralari haqida borayapti.
Bu yerda quyidagi yo’nalishlarda xavfsizlik doirasida sayohat programmasini
ishlab chiqish mumkin:
- boriladigan mamlakatda huquq-tartibot organlari bilan ishlash;
- jinoyatchilar tahdiddan xavfsizlikni elementar qoidalaridan foydalanish;
- mamlakat hududulari bo’ylab xavfsizroq marshrutlarni ishlab chiqish;
- umum qabul qilingan xulq qoidalariga amal qilish, o’zining chet ellik degan
maqomini suiste’mol qilmaslik.
Turmarshrutlarni tayyorlashda turoperatorga quyidagi sxema taklif etiladi (4.1-
jadvalga qarang).
4.1-jadval
Kriminal xavfsizlik qoidalarini ishlab chiqish
Dostları ilə paylaş: