Bunday ko’ngilsizliklardan xoli bo’lish va shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash
uchun qanday choralarni ko’rish kerak? Ekspertlar quyidagilarni tavsiya qilishadi:
- pulni shimning orqa cho’ntagiga solmaslik kerak, bundan tashqari, cho’ntak
kesarlarga beldagi yoki yelkadagi sumkadan, tashqi cho’ntakdan pulni o’marib ketish
oson. Pulni ichki cho’ntakdan bo’yinga osilgan xamyon sumkadan olib ketish
qiyinroq. Ilgari ham sayohatga chiqqan turistlar yaxshi bilishadi, xamyonni
ichkaridagi kiyimlarida cho’ntak qilib solib qo’yishadi. Xonimlar esa bundan ham
ehtiyot usullarini yaxshi bilishadi.
Turistlar pasport va qaytish biletlarini olib yurmasdan, mehmonxonada
qoldirganlari ma’qul. Bunda hujjatlarni nomerda qayergadir yashirib qo’yish shart
emas, seyfga yoki chemodonga solib qo’yilsa kifoya. Mehmonxona xizmatchisi
otelga tegishli narsalarni ko’zdan kechirishga, zarur bo’lganda xona
yig’ishtirilayotganda yashovchining buyumlarini u yoq, bu yoqqa olib qo’yishga
haqqi bor. Lekin begona chemodonni ochishga haqqi yo’q.
Eng mashhur tur ekspress – tolonchilik – bu sumka yoki videokamerani yulib
olib qochish. Bunday talonchilar bilan Italiyada va Lotin Amerikasi mamlakatlarida
to’qnash kelish juda oson. Shuning uchun ularni qayishini bo’yindan o’tkazib olib
yurish kerak. Odamlar govjum buyum bozorlarida anqayib yurgan turistning har
qanday cho’ntagidan pulini o’marib ketishlari mumkin. Ayniqsa, shilqimlardan
ehtiyot bo’lish kerak. Agar shilqim lo’li bo’lsa, oldiga gazeta o’ramini qo’yib o’tirgan
bo’lsa, ayniqsa xavfli. Gazeta ostida pichoq yoki gaz ballonchasi bo’lishi mumkin.
Bunday kishilarni ko’rgan zahoti, ularga yaqin bormaslik kerak. Ammo Rimda
istagan paytda sayr qilish mumkin, barcha ko’chalarda patrullar yuradi. Buyumlarga
faqat vokzal va avtobus bekatlarida ehtiyot bo’lish lozim.
Tailandda ko’chada mahalliy aholi nari tursin, yevropalik va amerikalik bilan
ham tanishish kerakmas. Yangi tanish ichimlikka uxlatadigan dori qo’shib berib,
so’ngra bemalol talab ketishi mumkin. Turk jinoyatchilari ham shunday usulni
qo’llashadi. Ko’cha jinoyatchiligi Gresiyada ham uchraydi: bu mamlakatda
Albaniyadan kelgan qochoq shilqimlar va sobiq SSSRlik yurtdoshlar – ruscha
so’zlashuvchi greklarga ham duch kelmagan ma’qul. Afina vokzali yoki Pirey portida
81
turistni “rus greki” ta’qib qilishi mumkin. Ular turli magazinlarni ko’rsatishni taklif
qilishadi. Hyech qachon rozi bo’lmaslik kerak. Gresiyada talonchiga qarshilik
ko’rsatmaslik kerak, aks holda kuch ishlatishdan toyishmaydi.
Turistlar esdan chiqarmasliklari zarur: chet ellikka qarshi avvalo pul yoki
qimmatbaho buyum uchun tajovuz qilishadi (ba’zan bunday qimmatbaho buyum
oddiy fotoapparat bo’lishi mumkin).
Ispaniyada ham motosiklchilar bor, lekin eng xatarli joy aeroport, bu yerda
kelib chiqishlari lotin amerikalik bo’lgan cho’ntak kesarlar to’dasi uya qurib
olishgan. Noz-karashma bilan qaragan qizlarga javob bermaslik tavsiya qilinadi, ular
ana shu to’daga ishlashadi. Fransiyada pulingizni shimning orqa cho’ntagiga aslo sola
ko’rmang. Sumkangizni esa, Jazoirdan kelib qolgan qora tanli piyoda negr
o’g’rilardan ehtiyot qiling. Turistlarni Germaniyaga safarga tayyorlayotgan
turoperatorlar ularga qattiq ovozda ruscha so’zlashmasliklarini aytib qo’yishlari
kerak. O’g’rilar odatda katta puli bor deb o’ylab chet elliklarni iziga tushadilar.
Nemislarning o’zlari esa kartochkadan foydalanishni ma’qul ko’rishadi. Shubhasiz,
MDHdan borib qolganlar bilan tasodifan tanishmaslik lozim, kechki paytda esa
vokzal atrofidagi maydonda, xiyobonlarda sayr qilmaslik, kelib chiqishi osiyolik
bo’lgan savdogarlardan tamaki mahsulotlari sotib olmaslik kerak – bu kontrabanda.
Bu tovarni sotib olganlik uchun yirik miqdorda jarima to’lashga to’g’ri keladi.
Dostları ilə paylaş: