O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə38/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Uchinchidan, turist davlat chegarasini legal tarzda faqat nazorat – o’tkazish
punkti orqali kesib o’tishi kerak. Aks holda, chegarani yashirin ravishda kesib
o’tganligi uchun jazolanadi. Xususan, O’zR JK 223-moddasida “O’zbekiston
Respublikasi chegarasidan noqonuniy kirish yoki chiqish minimal ish haqining 50
barovaridan 100 boravarigacha jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha qamoq jazosi bilan
jazolanishi” ko’rastilgan.
To’rtinchidan, turist o’ziga berilgan vizada ko’rsatilgan muddatga qat’iy amal
qilib, kelib ketishi zarur. Aks holda, bu tartibni buzganligi uchun 224-moddaga
asosan “O’zbekiston Respublikasida bo’lish tartibini buzganligi uchun” jazolanadi.
Ushbu moddada shunday deyilgan: “Xorijiy fuqaro yoki fuqaroliksiz shaxslarning
O’zbekistonda bo’lish tartibini buzishi, O’zbekistonda yashash huquqisiz hujjatsiz,
92



yoki haqiqiy emas hujjatsiz bo’lishi, ro’yxatdan o’tish tartibiga rioya qilmasligi,


hisobga kirish, yoki yashash joyini tanlashda tartiblarni buzganligi, muddat o’tgandan
keyin qaytib ketishdan bosh tortishi, O’zR territoriyasidan tranzit o’tishga amal
qilmaganligi, majburiy choradan keyin ham tartibni buzgani uchun 1 yildan 3
yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi”.
Beshinchidan, turist sotib olgan suvenirlari, buyumlari yoki hunarmandchilik
ishlab chiqarish buyumlariga sotuvchilardan bularni bojxonadan olib o’tish uchun
sertifikat talab qilishi kerak. Ayniqsa, qadimiy madaniy-tarixiy, diniy, san’at
buyumlari asarlarini sotib olishda ehtiyot bo’lish zarur. Ba’zan turistlar xususiy
shaxslardan o’g’irlangan qimmatbaho buyumlarni bilmay sotib olish oqibatida jinoiy
javobgar bo’lib qolishadi. Shu munosabat bilan turfirmalar bunday holat yuz
bermasligi uchun sayyohtchilarni xarid xususiyatlaridan xabardor qilishlari kerak.
Oltinchidan, turist ba’zan bilmasdan u yoki bu xizmatlarga milliy pul – o’zbek
so’mi emas, valyuta bilan haq to’laydigan xizmatlar ro’yxati hukumat tomonidan
tasdiqlanadi va nomlari cheklangan. Ko’pincha bular tibbiy aviasion, temiryo’l va
kommunal uy-joy, mehmonxonamva boshqa xizmatlar to’lovlaridir. Buni bilmagan
holda korxonalar yoki tadbirkorlar foydalanishadi (taksi, restoranlar, bozorlar). Turist
poshlinasiz to’lovdan tashqari, xarid qilgan tovarlariga faqat milliy valyutada to’lashi
kerak. Huquq-tartibot organlari o’zbekiston territoriyasida chet el valyutasida sotib
olingan tovarlar, xizmatlar uchun turistni ham, sotuvchini ham ushlab, qamoqqa
olishi mumkin. Shuning uchun mazkur punkt kriminal xavfsizlik qoidasiga amal
qilishning asosi hisoblanadi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin