Sakkizinchidan, O’zbekistonda ham avtomobilni ijaraga berish xizmati
bo’lmasada, ayrim turistlar xususiy tartibda avtomobilni ijaraga olishlari mumkin.
Bunda ular huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirishdan xabardor bo’lishlari lozim:
masalan, transportni boshqarish uchun notarius tasdiqlagan ishonch qog’ozi. Bundan
tashqari, turist O’zbekistonda yo’l-harakati qoidalarini bilishi zarur. Bu turist
yashayotgan mamlakatdagidan farq qilishi mumkin. Aks holda, u yo’l transport
hodisasi aybdoriga aylanib, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu
jihat ham so’zsiz, xavfsizlik masalalariga kiradi.
Kalit so’zlar: yo’l-transport hodisasi, evakuasiya, bomba, terakt, yong’in,
bosqin, talonchilik, terrorizmga qarshi kurash choralari.
Nazorat savollari:
1. Kriminal xavfsizlik nima?
2. O’zbekiston Respublikasida xavfsizlik masalalari?
3. Turistik muassasalarda evakuasiya turlarini sanang (mehmonxona, turar-joy,
aeroport, avtovokzal va boshqalarda).
5-mavzu. Turizmda bojxona tizimi nazorati
Reja:
5.1. Bojxona nazorati xususiyatlari va turist xavfsizligi masalalari
5.2. Bojxona hududiga narsalarni olib kelish qoidalari
5.3. Jahon turli mamlakatlari bojxona nazorati qoidalari
5.1. Bojxona nazorati xususiyatlari va turist xavfsizligi
Dostları ilə paylaş: