O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə40/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

masalalari
Bojxona – davlat organi, ichki bozorni himoya qilish maqsadida eksport,
import tovarlar va mahsulotlarni nazorat ostiga oladi, kontrabandaga qarshi kurashish
94



orqali mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.


Mamlakatga kirib kelayotgan turist chegara pasport nazoratidan o’tgandan keyin,
albatta bojxona ko’rigidan ham o’tadi, mamlakatdan chiqib ketayotganida ham xuddi
shunday tartib joriy etilgan. Agar u bu mahalliy qonunchilik tartib-qoidalarini
bilmasa, ko’ngilsiz vaziyatga tushib qolishi mumkin. Birinchi navbatda, u safar
chog’ida xarid qilgan narsalari, o’zi bilan bo’lgan moddiy qimmatga ega buyumlari
va boshqa narsalaridan ayriladi. Bundan tashqari, u jarima to’lashi yoki boshqa jiddiy
javobgarlikka – turmaga tushishigacha jazo olishlari mumkin. Bunday
ko’ngilsizliklarga uchramaslik uchun turoperator turistni oldindan bojxona siyosati
xususiyatlari haqida xabardor qilib qo’yishi va shu bilan uning xavfsizligini
ta’minlashi zarur.
Bojxona hududida bojxona xizmatchilari tomonidan turistning shaxsiy
buyumlarini tekshirib ko’rish, mazkur xizmatning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Shuning uchun har bir kishiga bu haqda aytib qo’yish zarar qilmaydi. Ta’kidlash
kerak, shaxsiy ko’rik mutlaqo alohida hal, shuning uchun ham bojxona nazoratining
kamdan-kam shakli hisoblanadi. Bu tekshiruv bojxona xodimida fuqaro o’zida
tanasida tovarni yoki boshqa nimanidir yashirayotganida yo gumon tug’dirganda
qo’llaniladi. Bu O’zbekiston qonunchiligini buzgan obyekt hisoblanadi. Maslan,
giyohvandlik moddasi va tarkibida narkotik bo’lgan preparatlar, madaniy yoki tarixiy
qimmatga ega narsalar, portlovchi moddalar, strategik muhim xom-ashyo tovarlari,
qurol, pul, tilla va boshqalar.
To’g’ri, bunday tekshiruv hyech kimga yoqmaydi. Lekin bu deklarasiyada
ko’rsatilmagan tovarlar aniqlangandagina o’tkazilishini tushunish kerak. Ammo turist
yuklari mutlaqo “toza” bo’lganda ham uni shaxsan ko’rikdan o’tkazishga bojxona
boshlig’i, yoki uning vazifasini bajaruvchi rasmiy kishi qarori bilan bajariladi.
Shuning uchun oddiy bojxona inspektori qo’ldan ushlab shaxsan tekshirib ko’rishga
urinsa, qo’rqmasdan uni vakolatni suistyemol qilganlikda ayblash mumkin.
Shaxsiy ko’rik oldidan bu ish zimmasiga yuklatilgan mansabdor shaxs turistga
ma’lum qilishi, yashirgan tovarini o’z ixtiyori bilan topshirishni taklif qilishi kerak.
Agar shunday tovar bo’lsa, yaxshisi uni topshirgan ma’qul, aks holda keyingi
95



ko’ngilsizlik hyech kim uchun yoqimli bo’lmaydi. Unutmaslik kerak, shaxsiy ko’rik


bitta yoki ikkita bojxona xodimi tomonidan ikki xolis kishi ishtirokida o’tkaziladi.
Lekin bojxona xodimlari ham, xolis kishilar ham, albatta bir jinsdan bo’lishlari shart.
Shaxsiy ko’rikni boshqalar kuzatib turishiga bojxona xodimlari mutlaqo yo’l
qo’ymasliklari kerak. Shaxsiy ko’rikdan o’tkazish uchun ovloq burchakka, yoki
chiqindi xona yoniga hatto begonalar bo’lmaganda ham olib borib tekshirish mumkin
emas.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin