O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə46/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Janubiy Koreya. 500 ming vondan ziyod bo’lmagan pulni olib kirish va olib
ketishga ruxsat berilgan. Xorijiy valyuta kirish chog’ida deklarasiyada ko’rsatilgan
miqdor doriasida olib ketilishi mumkin. Kirish chog’ida chet elda ishlab chiqarilgan
fotoapparat, zargarlik buyumlari, qimmatbaho soatlar, mo’yna, o’q otar qurollar,
pichoqlar uchun deklarasiya to’ldirilishi kerak. Deklarasiya to’lg’azilayotganda
“Qizil koridor” bo’ylab borilishi kerak. Ya’ni ruxsat etilgan ro’yxatga qarab, ish
ko’rish lozim. Poshlina quyidagi olib kirilayotgan tovarlarga to’lanadi: alkogolli
101



ichimlik 1 shisha (1 l gacha), sigareta 400 donadan, sigara 50 donadan, tamaki 250


grammdan, atir-upa 60 ml dan, sovg’alar qimmati 300000 vondan (-246 USA) oshsa.
KR konstitusiyasiga zid, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi, davlat sirlarini fosh
etuvchi yoki josuslik maqsadlarida foydalanishi ko’zlangan har qanday bosma va
boshqa materiallarni olib kirish ta’qiqlanadi. Tangalarni olib kelish ham ta’qiqlanadi.
Agar Janubiy Koreyaga kirish chog’ida olib kirilishi ta’qiqlangan biror narsangiz olib
qo’yilgan bo’lsa, berilgan hujjatga asosan qaytib ketayotganingizda qaytarib beriladi.
Ruxsatsiz asari-antiqa buyumlarni olib ketish ta’qiqlangan. Tez alangalanuvchi
narsalar, aerozollar, soch bo’yoqlari, zajigalka uchun gaz, ko’zni dimoqni
achishtiruvchi moddalar bagajga solinadi, ularni qo’lda samolyotga olib chiqishga
yo’l qo’yilmaydi.
Gonkong. Chet el valyutasini olib kirish cheklanmagan (deklarasiya to’ldirish
shart). Milliy valyutani olib kirish ta’qiqlangan. Xorijiy valyutani olib chiqib ketishga
ruxsat berilgan, milliy valyutani esa olib ketish mumkin emas. Qurol, pornografiya,
narkotiklar, zaharlar olib kirish ta’qiqlangan. Qimmatbaho buyumlar, san’at asarlarini
sotib olingan magazin chekisiz olib ketish ta’qiqlangan. Kirish deklarasiyasida
qimmatbaho buyumlar (foto-videoapparatlar, tilla taqinchoqlar) albatta ko’rsatiladi,
chiqib ketishda deklarasiya yana taqdim etiladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin