O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə49/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Armaniston. Shaxsiy foydalaniladigan buyum va narsalarni mamlakatga
bojxona deklarasiyasiz olib kirish va olib chiqib ketish mumkin. Mahalliy valyuta
importi va eksporti ta’qiqlangan. Chet el valyutasining miqdori kelish bilanoq
ma’lum qilingan bo’lsa cheklanmaydi. Deklarasiyani chiqib ketguncha saqlab qo’yish
kerak. 10000 $ dan ziyod boshqa valyuta summasi yoki uning ekvivalenti bank orqali
o’tgan bo’lishi lozim. 500 $ dan kam bo’lmagan shaxsiy buyumlarni poshlinasiz olib
kirish mumkin.
Belgiya. Narkotika va konservalanmagan go’sht olib kirish ta’qiqlangan. 2
ming Belgiya frankidan ortiq summada oziq-ovqat mahsulotlari olib chiqib ketish
mumkin emas. Poshlinasiz olib o’tish mumkin: sigaret – 200 dona, spirtli ichimlik –
2 l, atir-upa – 250 gr, kofe – 500 gr, choy – 100 gr, konservalangan oziq-ovqat
mahsuloti, maishiy foto-radio-video texnika. Chet el va milliy valyuta olib kirish
cheklanmagan.
Keniya. Poshlinasiz olib kirishga ruxsat berilgan: sigareta – 200 dona, spirtli
ichimlik – 1 shisha, duxi va atir suvi – 600 gr. Olib kirish ta’qiqlangan: meva,
ko’chat, urug’, narkotika, portlovchi moda, o’q otar qurol, unga o’xshash
o’yinchoqlar. Olib chiqib ketish ta’qiqlangan: oltin va brilliantlar, fil suyagidan
yasalgan buyumlar. Bojxona maxsus lisenziyasi bilan ruxsat etiladi: hayvonlar
terilari. Chet el valyutasi olib kirish cheklanmagan, lekin deklarasiyalanishi kerak,
milliy valyuta esa ta’qiqlanadi. Olib kelingan chet El valyutasini olib ketish mumkin,
mahalliy valyutani olib ketishga esa ruxsat yo’q.
Malayziya. Poshlinasiz olib kirish mumkin: o’tkir spirtli ichimlik – 1 l, vino
yoki likyor – 1 l, sigaret – 200 dona, sigar – 50 dona yoki tamaki – 225 gr, atir-upa va
kosmetika – 200 malayziya ringiti summasidan ko’p bo’lmagan. Suvenirlar – 200
malayziya ringgiti summasidan ortiq bo’lmagan. Olib kirishga ruxsat etilgan: odam
boshiga 1 nomdagi bittadan elektron audi-video apparatlar. Olib chiqib ketishga
ruxsat etilgan: ma’lum miqdorda spirtli ichimlik va tamaki mahsuloti. Qurol, qadimgi
buyumlar, san’at asarlari albatta bojxona nazoratidan o’tkaziladi. Olib kirish
ta’qiqlangan: yovvoyi qushlar va hayvonlar, o’simliklar. Givli urug’i, qadimgi
buyumlar, harbiy forma va oltin 100 gr dan ortiq. Narkotikani olib kirish va olib
105



chiqib ketish ta’qiqini buzganlar o’lim jazosiga mahkum qilinadi. Chet el va mahalliy


valyutalarni olib kirish yoki olib chiqib ketishda hyech qanday cheklovlar yo’q.
Meksika. Olib kirish ta’qiqlangan: mevalar, sabzavotlar, o’simliklar,
qalamchalar va o’simlik urug’lari, gullar, medikamentlar (yo’lovchi
foydalanmaydigan), psixotrop moddalar, pornografiya nashrlari.
Olib chiqib ketish ta’qiqlangan: arxeologiya qimmatdagi buyumlar,
antikvaritlar, noyob qush va hayvonlar, ularni tuluplari va terilari, 10 ming AQSh
dollaridan ziyod milliy valyuta.
Poshlinasiz olib kirish mumkin: shaxsiy buyumlar (kiyimlar, tozalik yuvinish
buyumlari va boshqalar), sigareta – 200 donagacha, (yoki sigara – 50 dona, tamaki –
250 g), spirtli ichimlik – 3 l gacha, mashiy texnika, video apparat, radio, foto apparat,
sport jihozlari – odam boshiga bittadan, suvenir va sovg’alar – qiymati 300 AQSh
dollaridan oshmasin. Meksikadan jo’nab ketishda tranzit yo’lovchilar va 2 yoshgacha
bolalardan tashqari, har bir yo’lovchidan 18 $ yig’im olinadi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin