O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə60/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

bakterial vilti hosilning 30 dan 80 %gacha nobud qiladi. Sholining bakterial
kuydiruvchisi – 22 dan 80 %gacha, bug’doy sariq zangi – 50 %gacha, kartoshka
oqish nematodasi ba’zan butun hosilni nobud qiladi.
Turistlar bilan o’simliklardan tashqari, kiyim-kechak, oziq-ovqat, hatto
suvenir va xarid qilingan narsalar orasida yashirinib hashoratlar ham keladi. Misol
uchun, shunday hol qayd qilingan: turist tropik mamlakatlardan birida kostyum sotib
oladi, tugmalari yog’ochdan yasalgan ekan. Oradan ancha vaqt o’tgach, turist
vatanida tugmadan mo’ylovli qo’ng’iz o’rmalab chiqqani, qahraton qish bo’lishiga
qaramay, tuxumlai bemalol ko’payatganini ko’radi. Bu hol Rossiyada kuzatilgan.
Boshqa voqyea: 1916 yilda 100 Yapioniyadan turkum irislar bilan Amerikaga
yapon qo’ng’izlari olib kelingan. Gap shundaki, o’zlarining odatdagi joylarida bu
hashoratlar kamdan-kam hollarda zarar yetkazgan. Lekin qo’ng’izlar ikkinchi
“Vatan” topishgach, 250 dan ortiq turdagi daraxt va boshqa o’simliklar bilan
oziqlanishga kirishdi, barglarni butunlay yeb bitirishadi. XX asr boshlarida AQSh
sharqida halokatli kasallik paydo bo’ldi, tishli kashtan daraxtlari Osiyodan keltirilgan
ko’chatlarda ilashib kelgan zamburug’lardan quriy boshladi. Shunisi ajablanarliki,
zamburug’lar mahalliy kashtanlarga zarar yetkazmagan, bu yoqdagi tishli kashtanlar
esa unga dosh berolmagan, katta maydonlardagi daraxtzorlar batamom yo’qotilgan.
125



Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, bakteriya, viruslar, zamburug’larning yangi


turlari u yoki bu mamlakatga dunyoning barcha qismlaridan kirib keladi. Misol
uchun, AQShda barcha zararkunandalarning yarimi – 180 ga yaqin turlari boshqa
regionlardan olib kelingan. O’z navbatida mahalliy Amerika turlari muvaffaqiyatli
ravishda Yevropaga ko’chib o’tishayapti: masalan, Fransiyada bungacha AQSh
yovvoyi tokzorlarida tinchgina yashagan Amerika tlya fillokseri bu yoqqa o’tgach,
vinochilik rayonlariga tarqalib fransuzlarning 1,2 mln ga toklarini yeb bitirgan.
AQShdan boshqa mashhur “bosqinchi” – kolorada qo’ng’izi ham o’tib keldi. Uning
O’zbekiston agrar xo’jaligiga yetkazayotgan zarari ozmuncha emas.
Tabiiy sharoitda yovvoyi o’simliklar bilan oziqlanadigan bu qo’ng’iz yangi
sharoitda kartoshka va tomatdoshlar turkumiga kiruvchi madaniy o’simliklarga qiron
keltirayapti.
Odamlar salomatligiga zarar yetkazishdan tashqari, virus va mikroorganizmlar
mamlakat iqtisodiyotida halokatli oqibatlarni keltirib chiqaradi: yo’q qilingan
hayvonlar uchun kompensasiya to’lashga to’g’ri keladi, mollar bosh soni va
mahsuldorligi kamayadi, oziq-ovqatlarni eksport-importiga cheklov joriy etiladi,
turizm ham torayadi.
1986 yilda Angliyada tarqalgan oqsil yirik shoxli mollarning 50 %ni
kasallantirdi. Sutchilik va 16 % bo’rdoqichilik fermalarida 200 ming boshdan ziyod
yuqori mahsuldor mollar nobud bo’ldi. Kasallanganlikda gumon qilingan 5 mln bosh
hayvon yo’qotildi. To’g’ridan-to’g’ri zarar 5,8 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu kasallik
Irlandiya, Fransiya, Shveysariya, Portugaliya, Italiya, Gollandiyaga tarqaldi, oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda sezilarli yo’qotishga olib keldi. Bundan
tashqari, kasallikni yuqtirgan 100 ming kishi o’ldi.
Keyinchalik Gollandiyada 1997-98 yillarda chumaga uchragan 12,5 ming
cho’chqalar yo’q qilindi. Yo’qotish 4 mlrd dollardan ziyodni tashkil etdi. 1997 yilda
Tayvanda ham oqsilga uchragan 5 mln bosh cho’chqani ham yo’q qilishga to’g’ri
keldi. Umumiy yo’qotish 10 mlrd dollarga yetdi. 2001 yilda faqatgina Buyuk
Britaniyada oqsil 1,4 mingdan ortiq fermer xo’jaliklarini qamrab oldi, 2,4 mln bosh
qoramol yo’q qilindi, zarar 13 mlrd dollardan oshib ketdi. Kasallik Britaniya
126



territoriyasidan Fransiya, Gollandiya va Irlandiyaga yoyildi. Ekspertlarning fikricha,


bunda turistlar “katta rol” o’ynagan. Ular o’zlari sezmagan holda infeksiyani
tashuvchilarga aylanishgan.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin