O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə64/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

G’arbiy Nil bezgagi. Bu virusni odam chivinlar orqali qushlardan yuqtirgan
o’lim darajasi yuqori xavfli bezgaklardan biri hisoblanadi. Kasallanish hollari nafaqa
Afrikada, balki Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerikada ham qayd etilgan.
Bezgak. Bezgak qo’zg’atuvchisi odamga begak chivini anofeles chaqqanda
yuqadi. Har yili bezgak bilan 300 mln kishi kasallanadi, ulardan 1 mln o’ladi.
Layma kasalligi. Odam qo’zg’atuvchi bakteriyani bug’ular va sichqonlardan
yuqtirgan. Kasallik belgilari grippga o’xshaydi. Ammo kasallik og’ir shaklda kechadi
va artritga olib keladi. Kasallik o’z nomini 1970 yillarda Amerikaning Layma
shahridan olgan. Bu yerda birinchi marta shunday kasallik qayd etilgan edi.
Chechak. Odam tuyalardan yuqtirgan. Kasallik taxminan 3 mln yil avval
ma’lum bo’lgan va bolalar o’limining bosh sababchisi hisoblab kelingan. Ko’pgina
ko’zga ko’ringan tarixiy shaxslar chechak qurboni bo’lishgan. Misol uchun, Rossiya
imperatori Buyuk Pyotr va Fransiya qiroli Lyudovik XV. Tarixchilarning
baholashlaricha, XIX asr oxirlarida chechak bilan taxminan 50 mln kishi og’rigan.
Chechak yuqtirganlarning umumiy soniga nisbatan o’lim 30 %dan oshgan. Chechak
kasalligining keyingi hodisasi 1977 yilda qayd qilingan.
Maymun chechagi. Odam yumronqoziqlardan yuqtirgan. Kasallik 2006 yil
oxirida AQShda qayd etilgan. Kasallik xuddi oddiy chechakdagidek kechadi, lekin
yengilroq shaklda o’tadi va o’lim holatiga olib kelmaydi.
Chuma. Odam kalamushlar va boshqa kemiruvchilardan yuqtirgan.
Qo’zg’atuvchi tishlash orqali o’tadi. Birinchi epidemiya “Yustinian chumasi” nomi
bilan VI asrda Vizantiyada paydo bo’lgan, 50 yil ichida 100 mln ga yaqin odam halok
bo’lgan. Epidemiya XIV asrda “qora o’lim” nomi bilan dunyoni qamrab olgan.
Osiyoning aholisining uchdan bir qismini, Yevropa aholisining yarimini qirilishiga
sabab bo’lgan. XIX asr oxirida uchinchi butunjahon epidemiyasi tarqalgan.
Dunyoning 100 portida kasallik qayd etilgan. 1999 yilda dunyoning 14 mamlakatida
chuma bosh ko’targan (asosan Afrika chumasi). 2,6 mingdan ziyod odam
kasallangan, ulardan 212 nafari hayotdan ko’z yumgan.
Gripp. Gripp virusi odamga suvda suzuvchi parrandalardan, ehtimol avvalo
o’rdaklardan o’tgan. 1918 yilda dunyoni birinchi marta gripp epidemiyasi “ispanka”
133



(kasallik o’chog’i Ispaniyada bo’lgan) qamrab olgan. Turli baholashlar bo’yicha, 25-


40 mln kishini hayotdan olib ketgan. Hozirgi paytda har yili Yer yuzi aholisi 5-15 %
gripp bilan og’riyapti. Butunjahon Sog’liqni saqlash tashkiloti (World Healtli
Organization)ning ma’lumotlariga ko’ra, har yili 250-500 ming kishining o’limiga
sabab bo’ladi. Faqat AQShda gripp epidemiyasidan ko’rilayotgan zarar har yili $ 71-
167 mlrd ni tashkil qiladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin