O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə66/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

8.1. Tibbiy xavfsizlik jihatlari
Turist istagan mamlakatiga safar qilishga qaror qilar ekan, eng avvalo o’zining
tibbiy xavfsizligi haqida qayg’urishi kerak. Ya’ni, bir qator profilaktik choralarni
ko’rishi lozim. Bu sayohat chog’ida uning sog’ligini muhofaza qilishga qaratilgandir.
Bu muammo bunday qargandagiga nisbatan ancha jiddiy va birinchi darajali rol
o’ynaydi. O’zbekistondan tashqariga jo’nab ketadigan kishi hamma vaqt ham uning
o’zini his etishi va qandaydir fojiali yakun topishi ehtimoli mavjud vaziyatlar haqida
o’ylamaydi.
135



Jahon statistikasi guvohlik beradi: barcha sayohatchilarning kamida 3 %ni


kasallik va o’lim bilan tugaydigan holatlar ta’qib etadi. Shunng uchun tibbiy
xavfsizlik masalalarini uch jihat (aspekt)da ko’rib chiqish zarur:
- sug’urtalash, negaki bu hujjatning bo’lishi borgan mamlakatda vrachga
murojaat qilish va zarur xizmatlar uchun haq to’lash imkonini beradi;
- shaxsiy sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish;
- salomatlik xavfsizligi bo’yicha yumushlarni qayta bajarish, xususan,
emlanish.
Birinchi holatda sug’urtalash turist xavfsizligi shakli hisoblanadi.
Sayohatchilarni sug’urtalash – O’zbekistonda nisbatan yangi ish. Shunga qaramasdan
bu yerda allaqachon juda ko’p jiddiy sug’urta kompaniyalari mustahkamlanib,
xalqaro maqom olishdi. Gap shundaki, sobiq sovet davrida O’zbekistonlik turistlarni
xorijda bo’lishiga javobgarlikni davlat o’z zimmasiga olgan bo’lsa, endi bu
javobgarlik to’liq sayohatchining o’zini zimmasiga yuklanadi. Turistlarni
sug’urtalanishi majburiy bo’lmasada, hozirda bir qator mamlakatlar konsulliklari
kirish vizasini rasmiylashtirish chog’ida sug’urta polisi bo’lishini talab qilishadi.
Turistlarni sug’urtalashning bazaviy dasturi tibbiy xarajatlarni to’lanishini
ta’minlaydi. Chunki sayohat davomida turist kutilmaganda kasal bo’lib qolishi,
baxtsiz hodisaga uchrashi mumkin. Bunda sug’urta kompaniyasi sug’urtalangan
turistga vrach xizmati va yozib berilgan dori-darmonlar uchun pul to’laydi.
Gospitalizasiya – davolanish narxi, ovqatlanish, zarur diognostika, laboratoriya
analizlari, operasiya, reanimasiya xizmatlari haqi shular jumlasidandir. Kutilmagan
o’lim ro’y berganda jasadni vataniga yetkazib berish, uning bilan bog’liq marosimlar
xizmat xarajatlari ham sug’urta hisobidan qoplanadi. Kompaniya shuningdek, boshqa
harajatlarni ham to’laydi: zudlik bilan davolash manziliga transportda yetkazib borish
(maxsus transport, jumladan, tibbiy aviasiya), davolash muassasidan turistni yashash
joyiga eltish (zarur bo’lganda tibbiy xodim kuzatuvida).
Hisobga olish kerak, ko’pchilik Yevropa mamlakatlari turistlar sug’urta
polisiga mamlakati hududiga kirishda o’z talablarini qo’yishadi: u yerda albatta,
ma’lum xizmatlar to’plami ishtirok etishi kerak. Sug’urta qoplamasi esa 30,0 ming
136



dollardan kam bo’lmasligi lozim. Yana har bir sug’urta turiga aniq xarajatlar miqdori


belgilangani ham talab qilinishi mumkin.
Har qanday turist surunkali kasalliklar sayohatchining bazaviy sug’urta
dasturiga kiritmasligini bilishi zarur: bunday o’tkir kasallik xuruj qilib qolib, turist
davolansa sug’urta kompaniyasi uning qiymatini to’lamaydi. Shuning uchun,
masalan, yurak-qon tomir kasalligi bor shaxs xorijga safar chog’ida xuruj qilib
qolmasligiga o’zining davolovchi vrachidan kafolat olgani ma’qul. Yoki ichki
organlari xasta turistlar ma’lum parhyezga amal qilishlari kerak. Ayniqsa, ekzotik
mamlakatlar taomlari ularga yoqmasligi mumkin. Qand kasalligi bor sayohatchilar
esa o’zlari bilan zarur dorilarini olib yurishlari lozim.
Sayohatchi dasturiga uning hohishiga ko’ra, qo’shimcha sug’urta xizmatlari
kiritilishi mumkin. Shunday xizmatlardan biri – baxtsiz hodisa oqibatida to’satdan
vafot etishdan sug’urtalanishdir. O’shanda sug’urta kompaniyasi vafot etgan
kishining qarindoshlariga sug’urta summasini to’laydi. Odatda, turistlar 25-50 ming
dollarga sug’urtalanishadi. Lekin sug’urta to’lovi summasi undan ancha ko’p bo’lishi
ham mumkin.
Ko’pincha turistlar har ehtimolga qarshi baxtsiz hodisa oqibatida mehnat
qobiliyatini qisman yo’qotganlikdan sug’urtalanishadi. Masalan, turist chet elda
avtomobil halokatiga uchrab. Og’ir jarohat oladi. Natijada mehnat qobiliyatini
qisman yo’qotadi. Sug’urta kompaniyasi oddiy bazaviy dasturga asosan
jabrlanuvchining davolangani, tibbiy xizmat olgani bilan bog’liq xarajatlarni to’laydi,
vataniga qaytishida hamkorlik ko’rsatadi. Agar turist ana shunday holatdan maxsus
sug’urtalangan bo’lsa kompaniya tartibga ko’ra bevosita uni sug’urta bilan ta’minlab,
tegishli summani to’laydi (uning miqdori jabrlangan organning nechog’liq
zararlanganiga bog’liq: masalan, avariya oqibatida turist o’ng qo’lini mayib qilib
olgan bo’lsa, unga chap qo’l mayib bo’lganidagidan yuqoriroq summa to’lanadi).
Yana bir xizmat turi – sug’urtalanuvchining oila a’zolari uchun transport
xarajatlarini favqulodda haddan tashqari oshib ketganligi vaziyatidan sug’urtalanish.
Aytaylik, o’zbek turist ayoli bolalari bilan Germaniyaga dam olish uchun jo’nab
ketayapti. Kutilmaganda u kasal bo’lib, kasalxonaga tushadi. Bolalar yolg’iz
137



qolishadi. Ularning otasiga zudlik bilan o’z hisobidan bolalarni uyga olib kelish


uchun Germaniyaga uchishiga to’g’ri keladi. Agar xotinining polisida mazkur
sug’urta xizmati mavjud bo’lganida, qo’shimcha avia uchishlar xarajatlarini sug’urta
kompaniyasi to’lagan bo’lardi.
Shunday qilib, sug’urta dasturi quyidagi xarajatlarga to’lanishini
ta’minlaydi:

Baxtsiz hodisaga uchraganda yoki kasal bo’lganda tibbiy yordamga;

Tez stamotolog yordamga (150 dollargacha);

Baxtsiz hodisada yoki kasal bo’lganda transportda eltishga;

Baxtsiz hodisaga uchraganda yoki kasal bo’lib qolganida vataniga jo’natib
yuborishga;

Xoklar (marhumlarning qoldiqlari)ni jo’natishga;

Shoshilinch xabarni yetkazishga;

Qarindoshlarni kelishiga;

Muddatdan oldin qaytishga;

Dori-darmon jo’natishga.
Shu bilan birga qiymati boriladigan mamlakatga, sug’urta summasi, sug’urta
dasturi va turistning safari uzunligiga bog’liqdir.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin