Dizenteriya
5,4
oziq-ovqat
mahsulotlari
yomon,
ishlanmagan
aptechkada dori
olish, tur yetakchini
xabardor qilish
sug’urtalash
Eslatma: ushbu mamlakatda (diplomatlar, turfirmalar, sug’urta kompaniyalari)
konsultasiyadan keyin o’n ballik o’rtacha arifmetik baho qo’yiladi va epidemiyaga
qarshi va tibbiy xizmatlarga sanitariya ahvoli haqida ma’lumot beriladi.
Boshqa mamlakatga sayohat chog’ida turistlarga yordam zarur bo’lib
qolganda, malakali vrachni qanday topish, qayerga murojaat qilishni tushuntirish
kerak. O’zining yo’l hujjatlarida kutilmagan tasodifiy hollarda kerak bo’ladigan
blanka bo’lishi ham foydadan holi emas. Unda sog’ligi haqida asosiy ma’lumotlar
ko’rsatiladi (qon gruppasi, allergik reaksiya ehtimollari, tibbiy muammolar va
tavsiyalar).
Aytish kerak, epidemiya turistik oqimlarga kuchli ta’sir qiladi. Misol uchun,
tipik bo’lmagan pnevmoniya epidemiyasi AQSh turizm industriyasiga navbatdagi
zarba bo’ldi, BMT Turizm idorasi prognozlari bo’yicha u turizm sohasida 5 mln dan
ziyodroq ish o’rinlarini qisqarishiga olib kelishi mumkin. Bundan ayniqsa Xitoy jabr
ko’rayotganiga qaramay (yo’qotish 7,6 mlrd dollarga baholanayatpi, taxminan bu 2,8
mln ishchi o’rni), Amerika ham oz muncha zarar ko’rmayapti. Ishbilarmonlik
sayohati jamoat tashkiloti koalisiyasi (Business Travel Coaletion) AQShning 500
yirik kompaniyalari o’rtasida so’rov o’tkazdi. Aniqlanishicha, ulardan 59 % o’z
xodimlarini jahonning tipik bo’lmagan pnevmoniya tarqalgan xavfli rayonlariga
safarlarini ta’qiqlagan.
Butunjahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti (World Health Organization)
ekspertlarning aviasayohat tipik bo’lmagan pnevmoniya tarqalgan joyda, unchalik
xavfli emasligini ta’kidlashlariga qaramay, safarlar baribir kamaymoqda (zamonaviy
avialaynerlar salonida alohida sirkulyasiya sistemasi mavjud. Har uch minutda xavo
filtrlanib, tozalanib turadi). Lekin baribir Amerika aviakompaniyalari reyslar sonini
qisqartirishga majbur bo’lishdi. Misol uchun American Airlines kompaniyasi 2003
141
yil may oyi boshidan xalqaro reyslarni 13 %ga kamaytirdi, Northwest Airlines – 12
%ga, United Airline – 8 %ga qisqartirdirlar.
Dostları ilə paylaş: