O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə7/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

departamentlar, mehmonxonalar egalari tashkilotlari, turistik agentliklar,
turizmning xavfsizligidan mansabdor har qanday boshqa tashkilotlar o’rtasida
masalalarni samarali hamkorlik asosida hal etishni tavsiya etadi.
Xalqaro tajriba shuni ko’rsatmoqdaki, agar ular o’rtasida zaif yoki samarasiz
aloqa mavjud bo’lsa, turistlar safar chog’ida muammolarga duch kelishadi. Jumladan,
hayotiga va buyumlariga jinoiy elementlar tahdid soladi. Ayrim tashkilotlarning
sertifikat va lisenziyaga ega bo’lmagan faoliyatlari (umumiy ovqatlanish nuqtalari,
joylashtirish vositalari va boshqalar) ana shunday xatar tug’diradi. O’zRning “Turizm
to’g’risida”gi Qonuni 18-moddasida “Turistik faoliyat subyektlari turistlar
xavfsizligini ta’minlash, jarohat olganida, kasallanganda va boshqa holatlarda tibbiy
va boshqa yordam ko’rsatilishi bo’yicha aniq choralar ishlab chiqadilar” deb
ta’kidlanadi. Shunday qilib, turistik firmalar qonunchilik tartibida yo’nalishlar
xavfsizligini tekshirib chiqishga majburlar.
Bundan tashqari, turistik manzilgohlar infratuzilmasi mavsum paytida paydo
bo’ladigan turistlar olomonini qabul qila olish qobiliyatiga ega bo’lishi, bunda
umumiy ovqatlanish sohasida sanitariya me’yorlarini buzilishiga yo’l qo’ymaslik
atrof-muhitga salbiy ta’sir yetkazishni oldini olish uchun tezkor choralarni
ta’minlovchi qonunlar qabul qilish juda muhimdir. Agar sog’liqni saqlash bo’yicha
zarur choralar ko’rish lozim deb hisoblansa, uni turistlarga salbiy ta’sirini maksimal
cheklash muhimdir. Ba’zan turistlar zo’ravonlik, ekspluatasiya obyektiga aylanishadi.
Shuning uchun bunday jinoiy harakatlar tashkilotchilariga nisbatan shafqatsiz
14



choralar ko’rilishi kerak. Aks holda, mamlakat turoperatorlar safarni tavsiya


qilmaydigan ro’yxatga tushib qolishi mumkin. Boshqa tomondan, turfirmalarning
xorijga turist niqobi ostida boshqa odamlarni islovatxonalarda ishlash uchun maxsus
yuborish singari illatlar uchraydi. Ular yashirin mehnat faoliyati bilan
shug’ullanishadi. Bu soha ma’lumki, ko’pincha uyushgan jinoyatchilik diqqat
markazida bo’ladi. Keyingi vaqtlarda sobiq Sovet tasarrufida bo’lgan barcha
kengliklarda ana shunday hol sodir bo’layapti, O’zbekiston ham bundan holi emas.
Arab va g’arbiy Yevropa mamlakatlari huquq-targ’ibot va migrasiya organlari
tomonidan vatandoshlarimizning yashirin faoliyati, shu jumladan, fohishabozlik
xizmati hollari qayd etilayapti. 2000 yil dekabrida Buxoroda Oripovlar xonadonida
qotillik ro’y berdi (olti kishi, shu jumladan uch norasida bolalar o’ldirildi). Ular turist
niqobi ostida Kanadaga ketishni mo’ljallashgan, bunda Qorayevlar oilasining
norasmiy turistik firmasi xizmatidan foydalanishmoqchi bo’lishgan. Faqatgina 2002
yilning o’zida 23 kishi odamlarni xorijga turist sifatida qul qilib yuborishni
uyushtirgani (odam savdosi) uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Hyech shubha
yo’q, bu yo’nalishda huquqiy targ’ibotni kuchaytirish davlat siyosatining ajralmas
qismi hisoblanadi.
BTT ekspetrlari turistlar va jismoniy (yuridik) shaxslar o’rtasida vujudga
keladigan bahs-munozaralarni hal etishni soddalashtirish va tezlashtirish uchun
tegishli organ tuzishni taklif qiladilar. Misol uchun, iste’molchilar huquqlarini
himoya qilish jamiyatlari yoki arzlar bo’yicha vositachilar shunday organ bo’lishlari
mumkin, negaki ular umumiy yoki maxsus vakolatga egadirlar. Ularga murojaat qilar
ekan, turistlar o’zlarining huquqiy manfaatlari, jumladan, xavfsizligi sohasida
ziddiyatlarni osongina hal qilgan bo’lardilar.
Turistlarning xavfsizligini ta’minlashda davlatlararo hamkorlik ham kam rol
o’ynamaydi. Ayniqsa tabiiy ofatlar va texnogen halokatlar, yirik halokatlar va
epidemiyalarda bunday hamkorlik qo’l keladi. Bundan tashqari, turistlarga jiddiy
tahdid solinagn hollarda, ayniqsa ular terroristik tashovuzdan jabrlanganda qabul
qiluvchi mamlakat darhol uni kelgan mamlakati ixtiyoriga jo’natish choralarini
ko’rishi zarur. Bunda ro’y bergan hodisa, jabrlanuvchining salomatligi haqida zarur
15



xabarlarni zudlik bilan yetkazish uchun barcha kanallar (diplomatik yoki konsullik


vakolatxonalari orqali) ishga solinishi kerak.
1989 yilgi turizm bo’yicha Gaaga Deklarasiyasi 8-prinsipida shunday
ko’rsatilgan: “Turistlar xavfsizligi va himoyasi va ularning sha’nini hurmat qilish
turizmni rivojlantirishning o’zgarmas shartlari hisoblanadi”. Shu munosabat bilan
ekspertlar taklif qilishadi:
- turistik sayohatlarni soddalashtirish bo’yicha choralar safar va kelish
choralari bilan birgalikda turistlarning hayoti xavfsizligi va himoya qilish, turistik
obyektlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilishi zarur;
- shu maqsadlarda turistik obyektlar va turistlarni himoya qilish, xavfsizligini
ta’minlashga yo’naltirilgan samarali siyosat shakllantirilishi kerak;
- turistik tovarlar, obyektlar va uskunalarni aniq belgilash lozim, qaysikim, ular
turistlar tomonidan foydalanishi tufayli alohida e’tiborni talab qiladi;
- tegishli hujjatlar va axborotlarni tayyorlash turistik diqqatga sazovor joylar va
turistik obyektlarga tahdid paydo bo’lganda ulardan foydalanishni ta’minlash;
- turistlarni himoya qilish sohasida har bir alohida mamlakat qonunchiligi
tizimi uchun alohida xususiyatga ega bo’lgan tegishli tadbirlarni, yuridik nizomlarni
bajarish, xususan, unga qo’shimcha ravishda turistning shaxsiy hayoti yoki
buyumlariga tahdid tug’ilganda milliy sudlarda o’zini qonuni ravishda huquqini
samarali himoya qila olish qobiliyatini ishga solish imkonini berish, ayniqsa
terrorizm singari xatarli xurujlarda;
- turistlarni himoya qilish va xavfsizligi masalalarini muvofiqlashtiruvchi va
tartibga soluvchi choralar dasturini tayyorlashda davlat BTT bilan hamkorlik
doirasida ish ko’rishi, uning tavsiyalariga amal qilishi zarur.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin