O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə72/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Birinchi mashq. Oyoqlarni yelka kengligida qo’yish. Keyingi harakat:
kreslodan turmasdan enkayib turish. Holatni 10 sekund ushlab turiladi. Mashq o’n
marta qaytariladi.
Ikkinchi mashq. Oyoqlarni yelka kenglikda qo’yish. Ularni oldinga cho’zib 10
sekund ushlab turish. Yana o’z holiga qaytarish. Mashq o’n marta takrorlanadi.
Uchinchi mashq. Oyoqlarni yelka kenglikda qo’yish. Quymichni ko’tarib,
oyoqni shu holatda 10 sekunda ushlab turish. Keyin oldingi holatiga keltirish. Mashq
o’n marta takrorlanadi.
150





To’rtinchi mashq. (“Yozuvchi oyoq”): o’ng oyoq ko’tariladi. Havoda
aylantirilib, istalgan so’z yoziladi. Masalan, “samolyot”. Keyin tushiriladi va chap
oyoq bilan mashq takrorlanadi.
Beshinchi mashq. (“O’rinda o’tirib yurish”): o’ng oyoq ko’tariladi. Keyin
yana sekin tushiriladi. So’ngra chap oyoq ko’tariladi va asta-sekin tushiriladi. Mashq
davomiyligi 1 minut.
8.6. Turli mamlakatlarda turist xavfsizligi choralari va 
sog’liqni muhofaza qilish
Sog’liq uchun potensial xavf ko’proq bo’lgan mamlakatlarning qisqacha
geografik sharhini keltiramiz:
Keniya. Bezgak kasalligi Hind okeani zonasi va G’arbiy Keniyada tarqalgan.
Mamlakatga kirishdan bir hafta oldin profilaktika o’tkazish va uni butun sayohat
davomida va undan keyin olti hafta davomida davom ettirish tavsiya qilinadi.
Bezgakka qarshi tabletkalar va ayrim dorilarni dorixona va supermarketlarda sotib
olish mumkin. Katta shaharlarda zamonaviy kasalxonalar bor va ajoyib tibbiy
imkoniyatlar yaratilgan. Agar turist kasal bo’lib qolsa “uchuvchi doktor” deb
atalgan xizmat uni Keniyaning istalgan burchagidan Nayrobiga yetkazib keladi – bu
25 dollar turadi. Saxroi Kabirda bo’lgan chog’da tanani ochiq joylarini yopish va
hashoratlar chaqishiga qarshi maxsus vositalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Krandan suv ichish va ko’chada sotilayotgan mevalarni sotib olish tavsiya
etilmaydi. Yaxshisi shisha va banka idishlarga qadoqlangan ichimliklarni iste’mol
qilgan ma’qul. Meva va sabzavotlarni yeyishdan oldin yaxshilab yuvish yoki po’stini
archish kerak.
Malayziyada suvni bevosita krandan ichish mumkin, lekin yaxshisi shishadagi
mineral suvdan ichgan ma’qul. U barcha magazinlarda sotiladi. Dorini reseptsiz
dorixonadan sotib olsa bo’ladi. Shuningdek oziq-ovqat magazinlari, mehmonxona va
savdo markazlarida ham sotiladi. Mamlakatga kelish oldidan xolera va chechakka
151



qarshi emlanishga zarurat yo’q. Gepatit “A” va “V” ga qarshi qayta vaksina olish


ham tavsiya etilmagan.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin