1.3. Xavfsizlik sohasida ayrim turistik tushunchalarni
standartlash
Hozirgi vaqtda ko’pchilik davlatlarda turizmda xavfsizlik masalalarini tartibga
soluvchi qonunlar va me’yoriy hujjatlar amal qilayapti. Mazkur hujjatlar ko’p
hollarda davlat organlari tomonidan standartlashtirilgan, bu turoperatorlariga
16
samaraliroq ishlash va turmahsulotlar iste’moliga tahdid darajasini baholashga imkon
beradi. Ushbu standartlar majburiy o’rnatiladi va turist xizmatlar sifatiga tavsiya
etilgan talablarga javob berishi kerak. Va turistik korxonalar qanday huquqiy-
tashkiliy shaklda bo’lmasin, qaysi muassasaga qarashligidan qat’iy nazar ushbu
xizmat ko’rsatish standartlariga amal qilishlari shart. Turistik xizmatlar sifatiga
majburiy talablar ularni hayot uchun xavfsizligini ta’minlaydi. Aholi salomatligi va
mol-mulkini, atrof-muhit musaffoligini qonunlar bilan, xususan, O’zRning “Turizm
to’g’risida” va “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi, GOSTlar
“Xavfsiz mehnatga o’qitishni tashkil etish. Umumiy qoidalar” va “Turistik-
ekskursiya sohasida xizmat ko’rsatishni standartlash. Umumiy qoidalar” va boshqa
qonuniy va me’yoriy hujjatlar asosida himoya qiladi.
Shubhasiz standartlarda turistik sohada qo’llaniladigan atamalardan
foydalaniladi. Ularni ko’rib chiqamiz.
Turistik xizmat – turistlarning tegishli ehtiyojlarini qondirish bo’yicha turistik
korxona faoliyati natijasi.
Ekskursiya – turistik xizmat, turistlarning ma’naviy, estetik, axborotga bo’lgan
ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydi.
Poxod – turistik xizmat, turistlarni yo’nalish bo’yicha bilish va
sog’lomlashtirish ehtiyojlarini qondirishni ta’minlovchi faol usul. Marshrut bo’yicha
yurishda izchil foydalaniladi.
Sayohat – kompleks turistik xizmat, turistlarning bilish, sog’lomlashtirish
ehtiyojlarini ma’lum sharoitlarda qondirish, hayotchanligini ta’minlash.
Turgan gap, bularning barchasida turistik xizmatlar (ekskursiya, poxod,
sayohat) va xizmat ko’rsatish shartlariga talablar bor. Ko’pincha ular majburiy va
tavsiya etilganlarga bo’linadi.
Barcha turistik xizmat turlari uchun majburiy talablar quyidagilar hisoblanadi:
•
Hayot va salomatlik xavfsizligi;
•
Turistlar va ekskursantlarning buyumlari saqlanishi;
•
Atrof-muhit muhofazasi.
17
Barcha turistik xizmatlar turlari, albatta, so’zsiz, iste’molchilar sog’ligi, hayoti
va mulki uchun xavfsiz bo’lishi kerak. Turistik xizmatlar xavfsizligi normal xizat
ko’rsatish sharoitlarida ham, favqulodda sharoitlar (tabiiy ofatlar va boshqalar)da
ham birday ta’minlanishi kerak. Turistik trassalar ekologik va sanitariya-
epidemiologik sharoit qulay hududlarda joylashgan bo’lishi lozim. Turistik xizmat
ko’rsatadigan binolar, transport vositalari, turistik jihozlar va inventarlar, turistlarga
ijaraga beriladigan narsalar amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga (sanitariya
me’yorlari, qoidalari, qurilish me’yorlari va qoidalari, yong’in xavfsizligi qoidalari va
boshqalar) muvofiq kelishi kerak. Turistik korxonalarning xizmat ko’rsatuvchi
personallari GOST bo’yicha turistlar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan o’qitilgan
bo’lishi lozim. Bundan tashqari, ko’rsatilayotgan turistik xizmatlar atrof-muhitga
zarar yetkazmasligi (hududni ifloslantirish, o’simlik qoplamalarini payhon qilish,
daraxt va butalarni sindirish va o’t qo’yish va h.k.) kerak.
Yana bir turistik xizmatlar xavfsizligi bilan bog’liq sharoit ko’rsatiladigan
xizmat iste’molchilar jismoniy imkoniyati va kutganlariga mos kelishi zarur. Bundan
tashqari, iste’molchiga ko’rsatilayotgan xizmatlar hajmi, muddati va xizmat
ko’rsatish turlari bo’yicha ishlanma, bilet, kvitansiya va h.k. larda ko’zda tutilgan
talablarga muvofiq kelishi zarur.
Sayohat xavfsizligi deyilganda, turistlarning shaxsiy xavfsizligi, ularning
buyumlari saqlanishi va sayohat chog’ida atrof-muhitga zarar yetkazmasligi
tushuniladi.
Turist xavfsizligini ta’minlash – turistik mahsulot harakatining muhim tarkibiy
qismi hisoblanadi.
Turist xavfsizligi bevosita davlat siyosatiga, firmalar – turoperatorlar,
turagentlar ko’radigan chora-tadbirlarga, shuningdek turistning o’z harakatiga
bog’liq. Xususan, O’zbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq turist o’z shaxsiy
xavfsizligi, o’z buyumlari saqlanishini ta’minlash, to’siqsiz kechiktirib bo’lmaydigan
tibbiy yordam olish huquqiga ega. Shuningdek, kelayotgan mamlakatiga kirish tartibi
va o’zini tutish xulq-atvor xususiyatlari, mahalliy aholi turli urf-odatlari, sanitariya-
epidemiologik holat haqida ishonchli ma’lumotlar olishga haqli. Tabiiyki, sayohat
18
chog’ida turist kelgan mamlakati qonunlariga rioya qilish bilan birga, uning odatlari,
an’analari, diniy e’tiqodi va ijtimoiy qurilishini hurmat qilishi, albatta shaxsiy
xavfsizligi qoidalariga rioya etishi kerak. Statistika bo’yicha islom davlatlarida
turistlar va aholi o’rtasida kelib chiqayotgan ixtiloflarning 31 % tashrif
buyurganlarning mamlakatlar milliy urf-odatlarini buzishi oqibatida ro’y berayapti.
Qo’shimcha qilish kerakki, turist xafsizligiga tahdid haqida axborot u kelgan
mamlakat milliy turistik ma’muriyati, turoperatorlar va turagentlar tomonidan
yetkazilishi kerak. Bundan tashqari, xalqaro tajriba ko’rsatmoqdaki, bir qator
hukumatlar jahonning u yoki bu mamlakatlariga, hududlariga boradigan o’z
fuqarolari uchun tegishli tavsiyalar nashr qilishmoqda, shu jumladan, ularning
davlatlariga tashrif buyurayotgan xorijliklar uchun ham.
Sayohat chog’ida turizm xavfsizligi, tavakkalchilikni kamaytirish muammolar
keng doirasiga daxldordir. Mahalliy aholi va tashrif buyuruvchilarni himoya qilish
maqsadida maxsus polisiya xizmati tashkil etish, turistik muassasalar xavfsizligini,
ularda lisenziya va sertifikatlar bor-yo’qligini tekshirish, tez yordam aloqa liniyasi
ishini tashkil etish, turistlarning shikoyatlarini qabul qilish, yodgorliklarni, atrof-
muhitni muhofaza qilish, fohishabozlik va giyohvandlikka qarshi kurash shular
jumlasidandir.
Mazkur talablar universal hisoblanadi va jahonning barcha mamlakatlariga
tarqatiladi. Tur mahsulotlarda ular bo’lmasa turistik firma uning ichki va xalqaro
bozorda harakatlanishini rad etishi mumkin, aniq xaridorga sotishni ham to’xtadi.
Qo’shimcha qilish kerakki, turistik xizmatlar ko’rsatish chog’ida turistlar
sog’ligi va xavfsizligiga mos keladigan tavakkalchilik darajasi ta’minlanishi lozim.
Oddiy sharoitlarda ham favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofat chog’ida va boshqa
hollarda)da ham bu talabga birday amal qilish zarur.
Lekin unutmaslik kerakki, turistik ekskursion xizmat ko’rsatishda inson
sog’ligi va hayoti uchun tavakkalchilik sharoitda paydo bo’ladi:
- tavakkalchilik manbai mavjudligi;
- mazkur manbani inson uchun xavfli darajada namoyon bo’lishi;
- insonni xavf-xatar manbasi ta’siriga mahkumligi.
19
|