O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


 Dunyoning turli mamlakatlarida o’zini tutishning xususiyatlari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə80/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

9.3. Dunyoning turli mamlakatlarida o’zini tutishning xususiyatlari
Nepal Qirolligi. Bu yerda o’z milliy xususiyatlari mavjud. Turist tomonidan
ularni inkor qilinishi bevosita madaniy ixtilof keltirib chiqaradi va jarimaga tortilishi
yoki mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin. Gap shundaki, mamlakat
yaqindagina chet ellik tashrif buyuruvchilarga o’z chegaralarini ochdi va mahalliy
aholi bilan tashrif buyuruvchilarning kiyinishi, o’zini tutishi norozilik o’yg’otishi
tufayli kelishmovchiliklar ro’y bergan. Nepalda – an’anaviy jamiyat, odamlar xulq-
atvoriga konservativ qarash kuchli. Bu barcha mahalliy aholiga, chet eldan
keluvchilarga birday amal qiladi. Shuning uchun turoperatorlar turistlar bilan
tushuntirishlar olib borishlari, turistlar esa mahalliy an’analar va urf-odatlarga amal
qilishi zarur.
Xususan:
- Xotin-qizlar oyoqlari yopilgan kiyimda yurishlari zarur;
- yerda o’tirgan odamlar ustidan hatlab o’tish mumkin emas;
- mahalliy aholidan biror narsani olganda va berganda faqat o’ng qo’l bilan
uzatiladi, chap qo’l bilan ushlab turiladi;
- hind ibodatxonalari tashrif uchun yopiq;
- Budda ibodatxonalari va monastirlari hamma uchun ochiq;
167



- ko’chalarda tilanchi daydilarga pul bermalik kerak (ular Nepalda “saxovatli”


turistlar tufayli paydo bo’lishgan);
- hamma ibodatxona va obidalarni Nepalda faqat soat millari bo’ylab aylanib
chiqiladi, aksincha mumkin emas.
Iordaniya Xoshimiylar Qirolligi. Odamlarni faqat ularning roziligi bilan
suratga olish mumkin, strategik obyektlar esa (chegara puntklari, aeroportlar)
ta’qiqlangan. Ayollar kiyimlari diqqatni tortadigan bo’lmasligi kerak – yoddan
chiqarmaslik lozim, ko’pchilik mahalliy aholi erkak musulmonlar kalta yubka
kiyishadi, plyajda yalang’och ayol yelkalari ularning diqqatini tortishi mumkin.
Singapur. Orolda chekishga qarshi faol kurash olib boriladi, agar turist jamoat
joylarida cheksa jarima to’lashga to’g’ri keladi. Jarima 500 singapur dollarini tashkil
etishi mumkin. Singapurda fohishabozlik avjiga chiqqan, ammo bu “faoliyat”

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin