O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə81/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

legallashtirilgan, rasmiy soliqqa tortilgan va hokimiyatning qattiq nazoratida. Bu
yerda namunaviy davlat nufuzini saqlash uchun jarimalar miqdori juda katta va
qonunbuzarlik qat’iy jazolanadi. Narkotiklar olib kelish va iste’mol qilish, masalan,
o’lim jazosiga mahkum qilinadi. Jamoat joyida chekib yerga chiqindi tashlash,
rezinka chaynash astronomik summada jarimaga tortiladi. Bu qattiq qo’llik
Singapurda batamom o’zini oqlayapti – mutlaqo toza va xavfsiz shahar.
Misr Arab Respublikasi. Qanchalik g’alati tuyulmasin, bu mamlakatda tovar
yoki xizmatlarning narxini oldindan bilmasdan turib, savdo qilmaslik zarur. Agar
yordam zarur bo’lsa, xizmat uchun to’lashni istamasa, yaxshisi polisiyaga murojaat
qilish kerak. Xotin-qizlar, boshqa musulmon mamlakatlarda bo’lganidek, ko’chaga
yolg’iz chiqmasligi zarur. Mehmonxona hududida o’zi hohlaganday kiyinish
mumkin, ammo shaharga chiqqanida turist Misr islom mamlakati ekanligini
unutmasligi, odamlar e’tiqodli, an’analar – sipolik ekanini yodda tutishi kerak.
Yalang’och yelka tor jinsi shim, mini yubka ko’cha sayri uchun mutlaqo
yarashmaydi. Ishga doir uchrashuvlarga misrliklar kechikib kelishlari mumkin.
Misrda hammasi sekinlik bilan amalga oshiriladi, shu jumladan bir qarorga kelishda
ham shoshilishmaydi. Arab xulq-atvorida hamisha mubolag’a, hovliqish sezilib
168



turadi. Musulmonlar spirtli ichimlik ichishmaydi, lekin boshqalarni ichishiga e’tiroz


bildirishmaydi.
Chili Respublikasi. Rulga o’tirgan turist, haydovchi va yo’lovchilar uchun
xavfsizlik kamari shart, rulda chekish, telefonda so’zlashish, pleyer tinglash
ta’qiqlanadi. Chililik haydovchilar doimo mo’ljalini bildirish uchun chap qo’lini
qo’shimcha ko’rsatkich sifatida ishlatishadi: “hayda, o’t”, “to’xta”, “quvma” va h.k.
Yo’l harakati qoidalari buzilganda turistning haydovchilik guvohnomasi olib
qo’yiladi va sudya bilan uchrashish belgilanadi. Haydovchilik guvohnomasi va
hujjatlar tez-tez tekshirib turiladi. Mast holda mashinani boshqarish jiddiy
qonunbuzarlik hisoblanadi va yirik miqdorda jarimaga tortiladi, hatto qamoqqa
olinishi mumkin.
Keniya. Bunday olganda Keniya bexavotir mamlakat, lekin turistlar bo’ysinishi
zarur bo’lgan bir necha qoidalar bor. Misol uchun, Saxroi Kabirda milliy parkda
yashash joyidan tashqariga qo’riqchilar kuzatuvisiz chiqish mumkin emas. Saxroi
Kabirning o’zida turistga mashinadan gidni ruxsatisiz chiqish ta’qiqlanadi. Keniyada,
boshqa ayrim Janubiy Afrika mamlakatlarida farqli ravishda yovvoyi hayvonlarni
ovlash man etilgan. Qonunbuzarni katta pul jarimasi yoki ozodlikdan mahrum etish
jazosi kutadi. Mahalliy aholini ularning ruxsatisiz va mustaqil suratga olish mumkin
emas (gidsiz), mahalliy aholi xonadoniga, ayniqsa masaylar kulbasiga kirishga ruxsat
berilmaydi. Mahalliy etnik urf-odatlarni bilmaslik, anglashilmovchilik yoki majoro
keltirib chiqarishi mumkin.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin