10.1. Tog’ turizmida xavfsizlik xususiyatlari
Tog’ turizmi sayohatning faol shakllaridan hisoblanadi va kishidan sport
ko’nikmalari va hatto tegishli malakani talab qiladi. Ayrim baholarga ko’ra,
faol
turizm umumiy oborotida jahon tog’ turizmi ulushi 23 5ga yetadi. Tabiiyki, bunday
qishda ishtirokchilar uchun ma’lum xavfsizlik me’yorlarini va uning hayot va
salomatlikni himoya qilish
elementlarini ishlab chiqish zarur. Avvalo, xavf-xatar
darajasini belgilash zarur.
Ekspertlarning fikricha, tog’larda ko’proq aylanma qiyaliklar, qor uyumlari qor
ko’chishi, sel, toshqin, tosh qulashi, momqoldiroq, yoriqlarni qor ko’mishi, shamol,
yog’ingarchilik, ko’z qamashishi, quyosh radiasiyasi ortishi jiddiy xavf tug’diradi.
Tog’lardagi sharoit tog’ yurishlari alohida taktikasini belgilaydi: albatta, balandlik
iqlimiga moslashish, ryukzaklarni iloji boricha yengillashtirish, harakatlanishni
ertalabki soatlarga mo’ljallash talab etiladi. Chunki quyosh radiasiyasi ham kam
bo’ladi. Qor ko’chishi, tosh qulashi, daryo suvlari toshishi ehtimoli kamroq bo’ladi.
Tog’larda xavfsizlik taktikasi choralariga quyidagilar kiradi: qiyaliklar bo’ylab
ko’ndalang yo’l tanlash, tunash uchun joyni sinchiklab tanlash, yengil (og’ir) yo’l
uchastkalarini diqqat bilan ko’zdan kechirib chiqish, murakkab joylarni qayta ko’rib
chiqish, ehtiyot chorasi sifatida harakatlanishning boshqa xavfsiz yo’llarini belgilab
olish. Razvedka qulay joyda (misol uchun, teskari tomondan yoki qor uyumi
qiyaligidan) kuzatish orqali olib boriladi. Ko’rinish darajasi doirasida razvedka va
yo’lni belgilab olish ikki kishilik guruh, uch kishilik guruh, yoki ikki kishilik guruhni
qaytib kelish vaqti va joyi shartlashilgan holda o’tkaziladi. Razvedka va marshrutni
ishlab chiqish odatda kechqurun o’tkaziladi (tunashga to’xtagandan keyin, lekin
kechki ovqatdan oldin). Yoki ertalab (asosiy guruh chiqishi oldidan) o’tkaziladi.
Hozirgi vaqtda tog’ yurishni xavfsizligini ta’minlash uchun uni
o’tkazilish
Dostları ilə paylaş: