O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə87/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

baydarkalarda boshlaydilar. Bu suzish vositasi suzish va kemani boshqarish
ko’nikmalarini egallashda juda qo’l keladi. Daryolarda, ko’llarda suzish, to’siqlarni
oldindan ilg’ash (bir so’z bilan aytganda, “suvni o’qish”) malakasini hosil qiladi.
1960-70-yillarda sovet ko’l ostidagi kengliklarda qayiq va sollarda tog’
daryolari bo’ylab yurish keng tarqalgandi, eshkakli turistik qayiqlarda suzish
texnikasi takomillashdi. Juda ko’p regionlarda texnik suv turizmi bo’yicha
musobaqalar o’tkaziladi. Shu tariqa bu tur guruhlarni suvda sayohat qilishga
tayyorgarliklarini chiniqtiradi. Eng oddiy poxodda suvchi – turist yaxshi suza olishi
kerak. Qayiqni, katerni yig’a olish, ta’mirlashni bilishi lozim (zarur bo’lsa quraolsin).
Qayiqda oziq-ovqat mahsulotlarini qayerga joylashtirish, qanday suvdan himoya
qilish, qayiqqa o’zi qanday joylashish, qanday mo’ljal olish, to’lqinda muvozanatni
qanday saqlash, qirg’oqqa qanday to’xtash qoidalarini ham bilishi lozim. Suzuvchi
turist to’siqlarni bilishi va yaxshi tanishi, ularni suv yo’lida uchrasa aylanib o’tishi
usullarini bilishi lozim. Aks holda, falokat ro’y berishi, cho’kib ketishi, jarohat olishi,
organizmni sovuqdan tirishib qolishi mumkin. Turist o’zini ehtiyot qilishni turli
usullarini bilish, bir-birini muhofaza qila olishi, birinchi yordam ko’rsata olishi,
ayniqsa cho’kayotgan odamni qutqarishni o’zlashtirib olgan bo’lishi zarur. Ehtiyot
bo’lish nafaqat murakkab va xavfli to’siqlarni yengib o’tishda, balki, suv havzasining
xatarli uchastkasini suzib o’tishda ham zarur.
Ehtiyot maqsadi – iloji boricha halokatga uchragan ekipajni suvdan qirg’oqqa
tezroq chiqarib olish va avariya kemasini tortib olishdir.
Suvda va qirg’oqda xavfsizlikning asosiy prinsiplari:
-professional qirg’oq qo’riqchilari muntazam patrullik qiladigan,
qutqaruvchilar bor plyajda suzing;
176



- suzish uchun qizil va sariq bayroqchalar bilan belgilangan oraliqdagi xavfsiz


joyda suzing;
- ko’rsatkichlar va instruksiyalarga rioya qiling;
- suziladigan joyning xavfsizligiga ishonch hosil qiling;
- agar o’zingizning xavfsizligingizga ishonmasangiz vaziyatni qutqaruvchilarga
tushuntiring;
- kuzatuv ostida suzish;
- yolg’iz hyech qachon suzmang;
- notanish joyda hyech qachon sho’ng’imang;
- ovqatlangandan keyin darhol suzmang;
- kuchli girdob joyda oqimga qarshi suzmang;
- alkogol, narkotika ta’sirida suzmang.
Suvda qiyinchilik paydo bo’lganida sarosimaga tushmang: xotirjam bo’ling,
suvdan qo’lni chiqarib silkitib atrofdagilarni diqqatini tortishga harakat qiling.
Kalit so’zlar: chang’i turizmi, tog’ turizmi, qor, dam olishning sport turi,
an’anaviy davr, favqulodda sharoit, xavfsiz vaqt, murakkab to’siqlar, o’rtacha tog’.
Nazorat savollari:
1. Tog’ turizmida xavfsizlik asosiy omillari.
2. Tog’ chang’isi chang’i turizmidan nimasi bilan farq qiladi?
3. Suv transporti xavfsizligi asosiy qoidalarini sanang.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin