Sug’urta polisini sotib olishdan asosiy maqsad, turist chet el kurortida dam
olganda biror bir qo’shimcha moddiy xarajatlarsiz zarur tibbiy xizmatni olish
imkoniyatiga ega bo’lishdir. Buning uchun albatta, bitta-ikkita narsani bilish kerak.
Birinchidan, safargacha, yaxshisi sug’urta shartnomasi rasmiylashtirilguncha,
turist “
Sug’urtalanuvchiga eslatma”ni o’qib chiqishi lozim. Qaysikim, har bir
kompaniya polisga barcha punktlarni kiritishi, kompaniya menejeri siz tushunmagan
punktlarni tushuntirishi kerak. Eslatmada yozilganlarni hammasi bevosita favqulodda
vaziyatlarda ko’riladigan zarur hatti-harakatlar ro’yxatidir.
Ikkinchidan, agar turist bilan biror korxol yuz bersa., uning uchun muhimi
to’g’ri va tez harakat qilishdir. Polisni hamma vaqt o’zi bilan olib yurish kerak,
chunki yonda yordam so’rash uchun zarur telefonlar raqamlari ko’rsatilgan. Bu
o’zbek sug’urta kompaniyasi yoki servis kompaniyasi markazi telefonlari raqamlari
bo’lishi mumkin (bu holda, u yerda na rus tilida, na o’zbek tilida so’zlashmasliklari
mumkin). Yoki bevosita sug’urtalovchining servis markazi telefoniga qo’ng’iroq
qilish mumkin. Turist bo’lgan mamlakatda o’z servis markaziga ega bo’lish,
sug’urtalovchining bilvosita ish sifatidan dalolat beradi. Ularning eng katta yutug’i
shuki, u yerda butun sutka davomida rus tilida so’zlashuvchi operatorlar ishlaydi va
odatda, u yerga qo’ng’iroq mutlaqo bepul, hatto turist mehmonxonadan qo’ng’iroq
qilsa ham (qo’ng’iroq hisobi bepul nomerdan, amerikadagiga o’xshash – 1-800,
qayerda qo’ng’iroq qilinsa, avtomatik ravishda o’tadi).
Sug’urta kompaniyasi dispetcheriga faqat bir marta qo’ng’iroq qilish kerak,
negaki u axborot olgach, muammo bilan shug’ullanishga kirishadi, keyingi barcha
qo’ng’iroqlar uchun mustaqil ravishda haq to’lashga to’g’ri keladi. Shuning uchun
turist yoki unga yordam beruvchi servis kompaniyasi dispetcheriga darhol quyidagi
ma’lumotlarni aniq xabar qilish zarur bo’ladi: sug’urtalanganning ismi-familiyasi,
sug’urta polisi raqami va sug’urta dasturi kodi (agar polisda kod va seriya
ko’rsatilgan bo’lsa), agar sug’urta guruh uchun bo’lsa, u kimning nomiga yozilganini
xabar qilish kerak. Hodisa tafsilotini, talab qilinayotgan yordam turini,
sug’urtalanganning turgan joyini va kontakt telefonii raqamini aytish lozim.
180