O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə9/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Zararli

omillar

(tavakkalchlik omillari) turizmda quyidagi tartibda


klassifikasiyalanishi mumkin:
- jarohatlanish xavfi;
- atrof-muhit ta’siri;
- yong’in xavfi;
- biologik ta’sir;
- ruhiy-jismoniy zo’riqish;
- nurlanish xavfi;
- kimyoviy ta’sir;
- gazlanish va changlanishni oshishi;
- tavakkalchilikning spesifik omillari.
Jarohat

xavfi

mexanizmlar va buyumlar, jismlarni murakkab relyefli joyda


ko’chirish, tog’ jinslarini ko’chishi (tosh, qor ko’chishi, sel) natijasida paydo bo’lishi
mumkin. Turistik jihozlar va inventarlardan foydalanishdagi noqulayliklar (noqulay
poyafzal, turistlar teri qoplamasi ishqalanishi va h.k.) ham jarohat keltirib chiqaradi.
Xavfli atmosfera hodisalari (chaqmoq, atmosfera, elektr energiyasi va h.k.) ham
shular jumlasidandir. Ammo quyidagilarni ta’minlash evaziga jarohat xavfini
kamaytirish mumkin:
- hududdagi xavfli uchastkalarda buyumlar, harakatlanuvchi mexanizmlar
(ko’targichlar, arqon yo’l, suv havzalari, tog’ yo’llari, tog’ chang’isi trassasi va
h.k.)dan foydalanganda himoya qurilmalari, to’siqlar bo’lishi;
- shaxsiy himoya vositalari (straxovka ipi, murakkab turistik yo’nalishlarni
kesib o’tishda bog’lashlar, bosh shlem, muzkeskich ilmoqlar va boshqa straxovka
jihozlari)dan foydalanish;
- turistik jihozlar va inventarlarga ergonom talablariga rioya etish;
- qurilish me’yorlari va turar joy qoidalariga, jamoat binolari va transport
vositalarining texnik holatiga tegishli me’yoriy hujjatlar, turistlarni tashish uchun
foydalaniladigan ekskursion avtobuslar, suzish vositalari va boshqalar talablariga
rioya etish;
20



- foydalaniladigan uskunalar va inventarlarni ekspluatasiya qilish (liftlar,


ko’targichlar, telejka va boshqalar) qoidalariga rioya etish;
- turistlarni jarohat olishdan ogohlantiruvchi choralar va tavakkalchilik
omillaridan xabardor qilish: turistlar qanday qilib jarohat olishdan ehtiyot bo’lishi va
jarohat olganida qanday tezkor choralar ko’rishi lozimligi haqida xabardor qilinishi
zarur.
Atrof-muhit ta’siri, atrof-muhit harorati ko’tarilishi yoki pasayishi, namlik va
turistlarga xizmat ko’rsatiladigan hududda havo harakatlanishi, barometrik bosimni
keskin tushishi bilan bog’liq. Turistlarga xizmat ko’rsatiladigan binoda mikro iqlim
ko’rsatkichi (xobxona, ovqatlanish, klub va boshqalar), shuningdek transport
vositalarida belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga mos kelishi zarur.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin