“Oltin” kartochka sug’urtani 2 mln FRF ga baholaydi va fuqarolik
javobgarligini qo’shadi: sayohat kechikishi (samolyotlarni ushlanib qolishi, reyslarni
bekor qilinishi, tutashuv yo’qligi). Ushbu hollarda ma’naviy zarar yetkazilgani uchun
1 ming FRF to’lanadi. Bagaj (kartochka bo’yicha xarid qilish shaklida 5 ming FRF
to’lanadi), tibbiy va texnik yordam (vataniga olib borib qo’yish taklif qilinadi, chet
elda barcha tibbiy xarajatlar 25 ming FRF miqdorida qoplanadi), yuridik yordam,
jinoiy garov.
“
Dayners” ham “Ameriken ekspress”oltin kartochkasi singari sayohatni 2 mln
FRF ga sug’urtalaydi va o’sha xizmatlar turlarini taklif qiladi, ammo chet eldagi
tibbiy yordamni 50 ming FRF ga baholaydi. Bagaj ham suqurtalangan, ammo bir
shart bilan, uning uchun javobgarlikni aviakompaniya zimmasiga oladi. Bekor
qilinish bo’yicha sug’urta yo’q va sayohat uzilib qolganda ham yo’q. Sayohat
davomida sug’urtalangan bo’lish uchun transport bileti kartochka bo’yicha sotib
olinishi lozim.
“
Yevrokard/Masterkard”
kompaniyasi
ikki
kartochka:
“Yevrokard/Masterkard” va “Gold/mastergard”ni taklif qiladi. Birinchi kartochka
bo’yicha tibbiy yordam xarajatlari 70 ming FRF summasida baholanadi, sayohatda
barcha sug’urta 600 ming FRF summasida ko’zda tutilgan. Bekor qilinishi va sayohat
uzilib qolgani uchun sug’urtalash yo’q. “Gold/mastergard” kartochkasi mijoz chet
elda kasalxonaga yotqizilganida 1 mln FRF miqdorida, bagajni berishda ushlanib
qolgani uchun 1500-3500 FRF to’lanishini ta’minlaydi, agar yo’l bileti kartochka
bo’yicha sotib olingan bo’lsa, albatta.
“
Viza” 2 ta kartochka taklif qiladi: “Viza premyer” va “Zangori viza”
kartochkasi. Birinchisi mijozni 12 mln FRF ga sug’urtalaydi, chet eldagi tibbiy
xarajatlar uchun 20 ming FRF to’lanadi. Bekor qilinishlar va sayohat uzilib qolishlari
uchun yiliga odam boshiga 30 ming FRF to’lanadi.
“Zangori viza” kartochkasi barcha kapital sug’urta summasini 300 ming FRF
ga baholaydi. Chet eldagi tibbiy xarajatlar uchun 15-30 ming FRF to’lanadi.
Sug’urtani olish uchun “Viza” kartochkasi bo’yicha transport biletini sotib olish
188
kerak, “Viza premyer” kartochkasi bo’yicha esa joylashish ham kartochka bo’yicha
to’langan bo’lishi lozim.
Turlarni sotar ekan, turagent turistlarga sayohatni sug’urtalash kafolati keng
imkoniyatlar yaratishini faol targ’ib etadi. Bu turistni sayohat xavfsizligiga ishonchini
orttiradi, sotib olgan turiga hyech qanday shubha qoldirmaydi.
Dostları ilə paylaş: