bo’lishini hisoblash mumkin. Bu hatto turist avariyaga uchrab, jiddiy operasiya talab
qilinsa ham bemalol yetadi. AQSh va Kanadada esa tibbiy xizmat narxi ancha baland.
Shuning uchun okean ortiga otlanganda minimal qoplama miqdori $30,0 mingdan,
o’rtacha esa $100,0 mingdan kam bo’lishiga ko’nmaslik kerak. Agar kishiga jiddiy
jarrohlik aralashuvi talab qilinsa bari bir yetmasligi mumkin.
Polisda ko’rsatilgan sug’urta shartlarida tibbiy tashish alohida satrlarda
ifodalanadi: kutilmaganda salomatligi turistga mustaqil ravishda uyiga qaytish
imkonini bermay qolishi mumkin. Bemor kishini tashish xizmati odatda juda
qimmatga tushadi. Shuning uchun sayohatchi baxtsiz hodisaga uchrasa yoki to’satdan
og’ir kasal bo’lib qolsa, va uni uyiga yoki davolash joyiga maxsus transportda vrach
yo tibbiy hamshira kuzatuvida olib borishni istasa, “tibbiy evakuasiya” grafasidagi
summa qoplamasi tibbiy xarajatlardan taxminan ikki marta ziyod bo’lishiga e’tibor
berish lozim. Agar bu cheklanmagan bo’lsa, yana ham yaxshi. Agar BAA yoki K
iprga safar rasmiylashtirilayotganda tibbiy yordamga umumiy sug’urta qoplamasi
o’rtacha 10 ming dollarni tashkil etsa, unda tashishga xarajatlar 15-20 ming dollar
atrofida ko’zda tutilishi lozim.
Bunda biror kor-hol yuz berganda turist omadi kelib mustaqil ravishda o’zi
yetib boradi degan xayolda tibbiy evakuasiyaga xarajatni tejash tavsiya etilmaydi.
Chunki polisda tibbiy tashish odatdagidan bor-yo’g’i 10-20 dollar qimmat turadi
(odatdagisi faqat tibbiy yordamga).
Dostları ilə paylaş: