O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


Mazkur omillarni zararli ta’siridan ogohlantirishni ta’minlaydi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə10/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Mazkur omillarni zararli ta’siridan ogohlantirishni ta’minlaydi:
- turistik tadbirlarni o’tkazish uchun yilning qulay vaqti, sutkasini tanlash;
- turistik yo’nalish trassalarini oqilona loyihalashtirish;
- rayonning ob-havo xususiyatlarini hisobga olish;
- turistik yo’nalish trassalarida ob-havo buzilganda panalanish uchun inshootlar
qurish;
- binolar va transport vositalarini kondisionerlar, havotozalagaichlar, isitish,
avtomatik nazorat va signalizasiya bilan jihozlash;
- turistlarni tegishli belgili kiyimlar, shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash;
- turistlarni marshrutdagi real va prognoz sharoitlardan (shu jumladan, iqlim
sharoiti, marshrutda balandlikdagi bosim pasayishi) o’z vaqtida xabardor qilish.
Xizmat ko’rsatuvchi obyektlarda yong’in xavfsizligi me’yoriy hujjatlarda
tasdiqlangan (Yong’in xavfsizligi qoidalari) talablarga qat’iy rioya qilingan holda
ta’minlanadi.
Biologik omillar (mikroorganizmlar va mahsulotlar, ularning buzilishi,
shuningdek zaharli o’simliklar, namliklar, hayvonlar va hashoratlar, yuqumli
kasalliklarni tashuvchilar, kuydiruvchilar, allergik va boshqa zaharli reaksiyalar).
Mazkur xatarli omillardan turistlar ogohlantiriladi:
21



- xizmat ko’rsatish qoidalari va belgilangan sanitariya me’yorlariga rioya


qilish;
- dezinfiksiya uchun preparatlar va uskunalarni qo’llagan holda ishlab
chiqarishni avtomatlashtirish sharoitlarida dezinseksiya, sterilizasiya, deratizasiya
o’tkazish;
- turistlarga xizmat ko’rsatish chog’ida foydalaniladigan binolar va jihozlarda
(idishlar, oshxona jihozlari, shu jumladan, poxod uchun ovqat tayyorlash, suv
yig’iladigan joy, quduqlar va boshqalar) zarur markirovka va xavfsizlik belgilaridan
foydalanish;
- xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni muntazam va qo’shimcha tibbiy ko’rikdan
o’tkazib turish;
- turistik marshrutlarda duch kelinadigan xavfli o’simliklar, ilonlar, baliqlar,
hayvonlar, hashoratlardan turistlarni ogohlantirib xabardor qilib qo’yish; ulardan
qanday qilib ehtiyot bo’lish, jarohatlanganda qanday choralarni ko’rishdan ogoh
etish.
Ruhiy-fiziologik xatar omillari – bu jismoniy va ruhiy-asabiy zo’riqish.
Bundan xoli bo’lish yoki ruhiy-fiziologik omillar xataridan saqlanishga quyidagicha
erishiladi:
- turistlarni marshrut bo’ylab almashinish va ularga xizmat ko’rsatish jadvali va
programmalarni oqilona tuzish, ularda insonni normal hayot faoliyati (uyqu,
ovqatlanish, sanitariya va maishiy ehtiyojlarini qanoatlantirish) uchun zarur sharoitlar
ko’zda tutiladi;
- turistik guruhlarni tuzishda turistlarning ruhiy-fiziologik xususiyatlari hisobga
olinadi;
- turistlar foydalanadigan mebel, transport vositalari, turistik inventar va
jihozlarga ergonomik talablarga rioya etish.
Xavfli nurlanish quyidagilar hisoblanadi: ultrabinafsha nurlanish darajasi
oshishi, radiologik nurlanish. Ultrabinafsha radiasiya xavosidan turistik yo’nalishda
ogohlikni ta’minlaydi:
- turistlarni ultrabinafsha nurlanishning insonga ta’siridan xabardor qilish;
22



- individual himoya vosita (bosh kiyimi, himoya kremi, kiyimlar, quyoshdan


himoya ko’zoynak)laridan foydalanish.
Marshrut bo’ylab harakatlanish jadvalini rejalashtirayotganda mazkur omil
xavfi ta’sirini hisobga olish zarur (tog’ uchastkasi marshrutlarida ochiq va qiyin
yo’llar, suv, chang’i va boshqa poxodlarda). Turistik marshrutlar ochish va
ekspluatasiya qilishga faqat radiologik holati qulay xarakteristikaga ega bo’lgan
joylardagina yo’l qo’yiladi.
Kimyoviy xatar omillari:
- toksik zaharlanish;
- tanni junjiktiruvchi;
sensibillashtiruvchi.
Turistlarga xizmat ko’rsatishda mazkur ta’mirlar oldini olish uchun
quyidagilarni bajarish zarur:
- havo, suv, tuproq; oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa biologik muhitda zararli
kimyoviy moddalar miqdori ustidan muntazam nazoratni amalga oshirish;
- turistlarga qulay xizmat ko’rsatish uchun obyektlarni joylashtirish va qurishda
kimyoviy xatar omillari ta’siri va muhitni hisobga olib ish ko’rish;
- dezinfeksiya va dezinseksiya uchun qo’llaniladigan preparatlarni
instruksiyaga qat’iy amal qilgan holda ishlatish, bu vositalarga turistlarni qo’l urishga
yo’l qo’ymaslik.
Chang va gazlanishni oshganligi. Turistlarga xizmat ko’rsatiladigan hududda
havodagi zararli moddalar yo’l qo’yilgan darajadan oshmasligi, binolar, transport
vositalarida belgilangan me’yoriy texnik hujjatlar, sanitariya-gigiyena me’yorlari,
sanitariya me’yorlari va qoidalaridagidan ziyod bo’lmasligi kerak. Xavfsizlik
binolarni jihozlanishi, transport vositalarida havoni tozalagichlarga qo’yilgan talablar
va rioya etish orqali ta’minlanadi.
Turli xil xatar omillari. Bu omillarga xizmatlar haqida zarur axborotlar yo’qligi
va uning nominal (loyihalashtirilgan) xarakteristikasi bilan bog’liq xavf-xatarlar
kiradi. Ko’zda tutish zarur:
23



- turistlarga amaldagi me’yoriy hujjatlarga belgilangan talablar asosida


ko’rsatiladigan turistik xizmatlar haqida yetarli axborot taqdim etish (turistik
yo’llanma, sayohat texnologik kartalari, ekskursiya texnologik kartalariga ilova
qilingan axborot varaqasi talablariga muvofiq). Ularda turistik xizmatlarning asosiy
xarakteristikalari, xizmat ko’rsatish shartlari aniq ko’rsatilgan;
- turistlar uchun turistik marshrutning tur xususiyatlari hisobga olingan holda
xavfsizlik bo’yicha zarur instruktajlar o’tkazish.
Turizmda xavf-xatar omillari xususiyatlari quyidagilar bilan bog’langan:
- marshrutda yoki turistik korxona joylashtirish hududida tabiiy va texnogen
favqulodda vaziyatlar (shu jumladan, turistlarga xizmat ko’rsatiladigan hududda
jamoat tartibi holati bilan bog’liq);
- foydalanilayotgan obyektlar moddiy-texnik bazasi texnik holati bilan (turistik
mehmonxona, bazalar, kempinglar, arqon yo’llar va bugel ko’targichlar, turistik
trassalar, shu jumladan, tog’-piyoda yo’laklari, chang’i, tog’-chang’isi, suv yo’llari;
miniladigan hayvonlar, turli transport vositalari, shu jumladan, velosipedlar, qayiq va
eshkakli qayiqlar, me’moriy, tabiiy diqqatga sazovar joylar);
- relyefi murakkab joylar (trassalarning daryo kechuvlari, tog’ qiyaliklari,
qoyali, muzli uchastkalari va boshqalar);
- xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning kasbiy tayyorgarligi darajasi (instruktorlar,
ekskursovodlar va boshqalar);
- turistlarni ma’lum marshrut va murakkablik kategoriyasi bo’yicha
harakatlanishiga tayyorlash (instruktaj, ekispirovka va h.k.);
- axborot bilan ta’minlanish (ob-havo ma’lumotlari, turistik marshrut trassasini
markalash).
Turistik korxona o’z faoliyatida amal qilishi, turistlarning xavfsizligini
ta’minlashi uchun zarur amaldagi me’yoriy hujjatlar to’plamiga ega bo’lishi lozim.
Bu tashrif buyuruvchilarga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq ko’pgina jiddiy
muammolarning oldini olish imkonini beradi.
Turistik mehmonxonalar, bazalar, kempinglarda xavfsiz yashash quyidagilarga
rioya qilish bilan ta’minlanadi:
24



- turistlarga xizmat ko’rsatiladigan obyektlar qurilishi va loyihalashtirilishida


qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga amal qilish;
- binolar, inshootlar va uskunalarni ekspluatasiya qilishda me’yoriy hujjatlarda
belgilangan texnika xavfsizligi talablariga rioya etish;
- amaldagi me’yorlarga muvofiq texnik jihozlash;
- turistlarni shaxsiy xavfsizligi va ularning buyumlari saqlanishini kafolatlovchi
choralar.
Bulardan tashqari, turistlarni sog’ligi va hayot xavfsizligini ta’minlash
maqsadida oziq-ovqat mahsulotlarini transportda tashish, saqlash, tayyorlashda
me’yoriy hujjatlar, sanitariya qoidalari va me’yorlarida belgilangan talablarga amal
qilish zarur. Ayrim baholashlarga ko’ra, ovqatlanishdan zaharlanish oqibatida jahon
bo’yicha barcha turistlarning 3 %ga yaqini kelgusi sayohatlardan bosh tortishmoqda.
Ekskursiyalar, poxodlar va sayohatlar chog’ida turistlarni transportda tashish
aniq transport turida yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish qoidalariga muvofiq
(avtomobilda, temir yo’lda, havo va suvda h.k.) amalga oshiriladi. Dunyoda qayd
etilayotgan transportdagi o’ttiz mingdan oshiqroq baxtsiz hodisalar turistlar bilan
ularni obyektdan diqqatga sazovor obyektlarga borishida sodir bo’layapti. Bular
jumlasiga avia halokatlar, temiryo’l transporti to’qnashuvlari kiradi. Keyingi
vaqtlarda ayniqsa aviahalokatlar tez-tez sodir bo’layotir.
Turistlarga xizmat ko’rsatishda qo’llaniladigan turistik jihozlar va inventarlar
ushbu tur jihozlari uchun amalda bo’lgan me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq
kelishi lozim. Shuni unutmaslik kerakki, o’z resurslarini o’tab bo’lgan inventarlardan
foydalanish jarohatlanishlarga, hatto turistlarni halok bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Ayrim tadqiqotlarga qaraganda, MDH mamlakatlarida foydalanilayotgan turistik
inventarlarning 45 %i allaqachon o’z xizmat muddatini o’tab bo’lgan va xavfli
holatga kelib qolgan. Har yili sayohatlar chog’ida inventarlarni ekspluatasiya qilish
paytida ularni talab darajasida saqlanmaganligi oqibatida minglab jarohatlanishlar
qayd etiladi.
So’zsiz, har bir turistik korxonada xodimlarni favqulodda vaziyatlar (tabiiy
ofavtlar, yong’in va boshqalar)da harakatlanish rejasi ishlab chiqilishi va
25



tasdiqlangan bo’lishi kerak. Rejada qutqaruv ishlarida ishtirok etadigan mahalliy


boshqaruv organlari bilan hamkorlik qamrab olinishi zarur. Turistik korxona rahbari
xodimlarni favqulodda vaziyatlarga tayyorlanishi uchun javobgardir. Shu munosabat
bilan turfirmalarni favqulodda vaziyatlar vaziriligi, qutqaruv va tibbiy xizmat, huquq-
targ’ibot organlari bilan doimiy aloqada bo’lishi juda zarur.
Bulardan tashqari, turistik korxona har bir aniq xizmatda turistlarni xavf-xatar
elementlari va ularni oldini olish choralari bilan tanishtirishga mas’ul. Turistlarni
hayoti va sog’ligini muhofaza qilish uchun zarur ma’lumotlar oldindan, dam olish
boshlanguncha va boshqa xizmatlar jarayonida berilishi kerak. Turistik trassalar
tabiiy murakkabligini xarakterlovchi axborotlar turistning shaxsiy jismoniy
tayyorgarlik zarur darajasini, individual ekipirovka xususiyatlarini aks ettirishi kerak.
Bu reklama – axborot materiallari va turistik yo’llanma axborot varaqalarida aniq
ifodalangan bo’lishi lozim.
Turistik xizmatlar uchun talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni davlat
boshqaruv organlari o’z vakolati doirasida amaldagi me’yoriy hujjatlarga asoslanib,
amalga oshiradi. Bunda turli usullardan foydalaniladi. Xususan:

Kuzatuv nazorati (obyekt – uning ichlari, uskunalar, inventarlar, idish-tovoqlar,
oshxona choshablari va boshqalar).

Tahliliy (hujjatlar tahlili – broker jurnallari, xodimlarning sanitariya
daftarchalari va boshqalar).

Tibbiy nazorat (xodimni tibbiy ko’rigi, sanitariya-epidemiologiya tahlillari).

Asbobiy tekshiruvlar (suv sifatini aniqlash, havo tozaligini tekshirish va h.k.,
uskunalarni ish rejim iva texnik holatini tekshirish va h.k.).

Ijtimoiy usul (turistlar va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar bilan so’rov o’tkazish
orqali).
Nazorat mavsum boshida – turistik korxonalar va trassalarni foydalanishga
tayyorligini tekshirish chog’ida amalga oshiriladi, shuningdek joriy tekshirishlar
jarayonida o’tkaziladi. Turistlar xavfsizligini ta’minlovchi joriy tekshirishlar binolar,
inshootlar, transport vositalari, plyajlar va cho’milish joylari, turistlarga ijaraga
beriladigan jihozlar, inventarlar, ovqat tayyorlanishini tekshirish, saqlash muddati va
26



shartlari va oziq-ovqat mahsulotini tashish, turistlarni poxodga chiqishga tayyorgarli


tekshiruv rejasi va jadvaliga muvofiq o’tkaziladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin