O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


 Bilet ma’lumotlarini o’zgartirish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə105/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

13.5. Bilet ma’lumotlarini o’zgartirish
Ko’pchilik imtiyozli tariflar biletni qaytarishga, shuningdek sana va marshrutni
qandaydir o’zgartirilishiga yo’l qo’yishmaydi. Sayohat kunini o’zgartirish
imkoniyati, shuningdek, aviakompaniya yoki agentlik vakolatxonasi manzili
Agentlikdan oldindan bilib olinadi. Bunday operasiyalar turist borishi
mo’ljallanayotgan manzilda amalga oshiriladi. Kun o’zgartirilgan hollarda operasiya
stikera” deb ataladigan nakleyka bilan amalga oshirilishi mumkin (o’zi
yopishadigan qog’oz, unda reys raqami va uchishning yangi kuni ko’rsatiladi).
Agar ta’rif shartiga ko’ra, kun o’zgartirilishi jarima bilan kechsa, unda keyingi
summaga “turli yig’imlarga order” yozib beriladi. Ya’ni “MSO” (qat’iy hisob
blankasi, tashqi ko’rinishi bilet blankasiga juda o’xshaydi, unda yo’lovchidan qancha
summa, nima uchun olingani ko’rsatiladi). Orderning yo’lovchi nusxasi biletga tirkab
qo’yiladi va registrasiyaga taqdim qilinadi. Ayrim tariflar kunni o’zgartirishni
yuqoriroq tarif (qimmatroq) bilan faqat qayta yozish orqali amalga oshirishga yo’l
qo’yadi. Odatda, “normal” tariflar kun va marshrutni keyingisining amal qilish
muddati ichida erkin o’zgartirishga imkon beradi.
Agar turist uchguncha biletni yo’qotsa, aviabilet yozib bergan agentlikka
murojaat qilishi lozim. Agar biletni borgan manzilida yo’qotib qo’ysa, reysga bilet
yozib bergan aviakompaniya vakolatxonasiga murojaat qiladi. Har qanday holatda
ham aviakompaniya undan ariza yozishni, agar yo’qolgan biletdan uchinchi bir shaxs
foydalanadigan bo’lsa, xarajatlarni zimmasiga olishni talab qiladi. Yodda tutish
kerak, ba’zi aviakompaniyalar dublikat yozib berish uchun ozgina jarima
202



to’lattirishadi. Yangi bilet (dublikat) qaytarib olinmaydi va qaysi klassga berilmasin


biror bir o’zgartirish kiritilmaydi.
Ko’pchilik aviakompaniyalar brondagi familiyani o’zgartirishga ruxsat
bermaydilar. Shuning uchun yaxshisi biletni bronlashtirayotganda yonda milliy
pasport bo’lishi lozim, agar pasport bo’lmasa, ismi-sharif inglizchada qanday to’g’ri
yozilishini bilish kerak. Bilet va pasportdagi yozuvlar farqi uchta harfdan
oshmasligiga yo’l qo’yiladi. Bunda familiya batamom o’zgarib ketmasligi kerak.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin