O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


 Kuzatuvchisiz bolalar va nogironlarni tashish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə106/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

13.6. Kuzatuvchisiz bolalar va nogironlarni tashish
Ko’pincha aviakompaniyalar tashish uchun 5 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan
kuzatuvchisiz bolalarni qabul qiladilar. Buning uchun nimaiki zarur bo’lsa,
bronlashtirilgan manzil va aloqador shaxsga yozib qo’yish kerak. Ular bolani
jo’natishadi, kutib olishadi. Yana ariza yozishadi: bola qandaydir sababga ko’ra kutib
olinmasa, aviakompaniya nimani lozim ko’rsa, shuni qilishga ishonadi, buning bilan
bog’liq xarajatlarni to’lashni zimmasiga oladi.
Kuzatuvchisiz 8 yoshgacha bo’lgan bolani tashish uchun to’liq kattalar tarifi
bo’yicha to’lanadi, biletga bola nazoratga muhtojligi haqida belgi qo’yiladi va shunga
ko’ra u styuardessa doimiy nazoratida bo’ladi, uni kutib oluvchi qo’liga topshiradi.
O’zbekiston Respublikasining “Kirish va jo’nab ketish tartibi to’g’risida”gi qonunga
muvofiq, kuzatuvchisiz uchayotgan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarni jo’nashga ota-
onasining notarial tasdiqlangan roziligi (yoki otaliqqa olgan homiylarning) bo’lishi
kerak.
Qo’shimcha qilamiz. Umuman qabul qilingan tajribaga ko’ra, 8 yoshdan 12
yoshgacha bo’lganlar bolalar tarifi bo’yicha uchishadi. 5 yoshdan 8 yoshgacha
bo’lgan bolalar to’liq (katta yosh) tarifi bo’yicha uchadilar. 5 yoshgacha bolalar
kuzatuvchisiz tashishga qabul qilinmaydilar. 2 yoshgacha bo’lgan go’dak bilet
olishda 90 % chegirmaga haqli (alohida joy berilmaydi va bagajni bepul tashish
huquqi yo’q). Yo’lovchining hohishiga ko’ra, unga alohida joy bronlashtirish
mumkin, lekin bunda bilet xuddi 12 yoshli bolaniki singari rasmiylashtiriladi.
203



“O’zbekiston havo yo’llari” aviakomaniyasida 2 yoshgacha bolalar uchun xalqaro


bilet narxi qo’llanilayotgan tarifning 10 %ini tashkil qiladi (alohida joysiz va bepul
bagajini tashishsiz).
Bitta katta yo’lovchi 90 % chegirma bilan 2 yoshgacha bitta go’dakni olib
ketishi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi kichkintoylarga esa aviabiletlar 12
yoshgacha bolalarniki singari rasmiylashtiriladi. Bu katta yoshdagilar uchun to’liq
tarifning 50 % qiymatidir. Maxsus tariflarga chegirma foizi alohida qoidalar bilan
belgilangan. Bilet joyga va bagajni bepul tashishga tegishli klass xizmatlari bilan
huquq beradi. Parvoz chog’ida ikki yoshgacha bo’lgan bolalarni kattalar kuzatib
borishlari kerak. 10 oylikkacha, og’irligi 10 kg bo’lgan emizikli go’daklarga maxsus
beshik beriladi, bu haqda aviabiletga buyurtma berayotganda uchishdan kamida 24
soat oldin xabar berish lozim.
Nogironlarni ko’chishi bo’yicha xizmatlar zarurati haqida (nogironlar kreslosi,
kuzatuv, maxsus sharoit) aviabiletlarga buyurtma berayotganda xabar qilish tavsiya
etiladi, lekin uchishdan kamida 7 soat oldin aytilishi kerak. Bemor yo’lovchilar tibbiy
ko’rikdan o’tganliklari haqida ma’lumotnomaga ega bo’lishlari lozim. Tashuvchi
quyidagi kategoriya yo’lovchilarni tashishni rad etishi mumkin: ularning jismoniy
holati uchish xavfsizligiga tahdid tug’dirsa yoki boshqa yo’lovchilar uchun
noqulaylik paydo qilsa.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin