ochiq qoldiradi. Imtiyozli tariflar ekonom klassni bronlashtirishda joriy etiladi va
ba’zan biznes klassda ham qo’llaniladi.
“
Toshkent” aeroportida yo’lovchilarni ro’yxatga olish. Ro’yxatdan o’tishga
uchishga 2-1,5 soat qolganda tayyor turish kerak, agar reys mahalliy (O’zbekiston
bo’ylab) bo’lsa, agar xalqaro reys bo’lsa – 3 soat oldin boshlanadi. Uchishga 30-40
minut qolganda tugallanadi. Agar turist registrasiyaga kech qolsa, aviakompaniya uni
tashishdan voz kechishi mumkin. Registrasiyada yo’lovchiga o’tirish uchun talon
beriladi. U samolyotga chiqayotganda ko’rsatiladi. Talon bo’lagini mo’ljaldagi
manzilga borguncha saqlab qo’yish kerak.
Reysga kelmaslik. Agar yo’lovchi biror bir sabab bilan reysga kelmay qolsa
yoki registrasiyaga kech qolsa va uni samolyotga chiqishga ruxsat berilmasa broni
avtomatik ravishda bekor bo’ladi.
Samolyot salonida joyga buyurtma. Har qanday yo’lovchi bilet sotib
olayotganda, bron qilganda samolyot salonida aniq joyga buyurtma berishga haqli:
ma’lum raqam, deraza oldidan, yo’lakdan, chekuvchilar yoki chekmaydiganlar va
h.k.dan. Maxsus joylar bor, go’dakni lyulkasi bilan qo’yish mumkin, nogironlik
kreslosini joylashtirsa bo’ladi va h.k. Joy so’rash xizmati – bepul, biroq
aviakompaniya so’ralgan joyni rad etish huquqini hamisha o’zida saqlab qoladi.
Dostları ilə paylaş: