Ayniqsa, mijoz bir tomonga aviabilet, mehmonxona uchun to’liq pul to’lab,
uchadigan kuni viza berish rad qilinsa, faqat sud orqali huquqini tiklashi mumkin.
Turgan gap, juda kam hollarda pulni qaytarib olish mumkin,
chunki firma qabul
qiladigan tomonga turist borguncha pulni to’lab qo’ygan bo’ladi. Tur firmalarga
rahmat deyish kerak, ular mijozlarni barcha hujjatlarni tayyorlashda halol xabardor
qilishadi, qaysikim bu viza masalalarini ijobiy hal etishga yordam beradi. Shunday
qilib, turfirmaning “tavvakal guruhi” deb atalgan guruhi vakillari – kam daromadli
turmushga chiqmagan qiz yoki keksa kishi, kasal odam, chet elda yosh qarindoshlari
bor kishi viza berish rad etilganda e’tiroz bildirisha olmaydi, chunki turfirma ularni
oldindan ogohlantirgan edi.
“
Talabchan” konsullik. Ko’pchilik rad etishlar Shengen shartnomasi
mamlakatlari konsullik bo’limlarida bo’ladi. Gap shundaki, vizaga yagona talablar
hujjatlariga ingliz, ispan, italyan, nemis, fransuz, shved va boshqa konsulliklar
doimiy ravishda – zarurat bo’yicha o’zlarinikini qo’shishadi. Daromad haqida (yoki
bank kafolati) ma’lumot talab qilinadi. Lavozimi haqida, ko’chmas mulki haqida –
turfirmalar konsullik so’rovi bilan mijozdan surishtiradi. Shundagina, agar hammasi
joyida bo’lsa, mijoz Shengen vizasi olishi mumkin. Agar so’ralgan ma’lumotlarning
biri bo’lmasa ham, konsulliklardan qaysi biridir viza berishni rad etadi.
Shuning uchun turfirmada turistning manfaati ko’zlanib, hujjatlarni tezroq
taqdim etishga harakat qilinadi. Ayrim hollarda viza so’ragan
kishi konsulikka
chaqirilib, suhbat o’tkaziladi va shundan keyin viza berish masalasi hal etiladi.
Qo’shimcha qilamiz, Shengen bitimi ishtirokchi mamlakatlaridan birini viza berishni
rad etishi darhol hal etiladigan muammo emas. Shengen boshqa mamlakatlari ham
yaqin vaqt ichida pasportida rad shtampisi qo’yilgan kishini qabul qilishni
hohlashmaydi.
Keyingi yillarda ko’pchilik Yevropa mamlakatlari konsulliklari ishlarida juda
ko’p o’zgarishlar ro’y berdi. Ular bor kuchlari bilan o’z mamlakatlariga
emmigrantlarni nolegal kelishiga qarshi kurashayaptilar. Shu munosabat bilan
turfirmalarda viza rasmiylashtirish muddati uch haftagacha uzaytirilmoqda,
qo’shimcha juda ko’p hujjatlar talab qilinadi.
214
Xususan, diplomatlarni turistning ijtimoiy mavqyei qiziqtirishi mumkin: uning
oldingi ishlagan joyi, mamlakatda yashayotgan joyi. Bundan tashqari, butun safar
davomiga tibbiy sug’urta, otel bronlashtirilgani haqida
hujjat yoki italyanlarning
taklifnomasi – tashkilot va fuqarolarniki, shuningdek turist mamlakatda bo’lish uchun
yetarli summaga egaligi (bir haftaga kamida $300) bir vaqtning o’zida kafolati
taqdim etilishi kerak.
Boshqa elchixonalarda, misol uchun, Buyuk
Britaniyada viza anketasini
turistik kompaniya menejerlari emas, turistlarning shaxsan o’zlari to’ldirishlari kerak.
Viza oluvchi shuningdek, keyingi bir yarim yilda Angliyada bo’lganini tasdiqlashi
lozim, bu Britaniya vizasini olishda qo’shimcha imkoniyat hisoblanadi. Salkam bir
yil avval Shengenga Skandinaviya mamlakatlari ham kirdi. Lekin bu mamlakatlarga
viza rasmiylashtirishda muammolar yo’q.
Tushunarli sabablarga ko’ra, AQSh konsullik bo’limlarida ham viza berish
shartlari o’zgardi. Sibir yazvasi sporalari yuqish xavfi tufayli viza uchun hujjatlar
pochta orqali Federal Express yordamida qabul qilinmoqda. Bu elchixona
shuningdek, faqat akkredatsiya qilingan turfirmalar bilan ishlaydi. Ayni paytda
fuqarolardan bevosita hujjatlarni qabul qilish konsulligi ochilgandan boshlab,
“ekspress viza” olish shartlari ancha qiyinlashdi. Endi bu tipdagi vizani olish uchun
keyingi 10 yilda Amerikada hyech bo’lmaganda bir marta bo’lgan bo’lish
lozim
(avvalgidek 2 yilda emas). Sentyabrdagi teraktlardan keyin amirkaliklar juda
ehtiyotkor bo’lib qoldilar. Ular 16 yoshdan 45 yoshgacha bo’lgan erkaklarga
anketada o’zlarining harbiy ko’nikmalarini ko’rsatish majburiyatini yukladilar.
Qaytarilmaydigan konsullik yig’imi $45 ni tashkil qiladi (xodimlar ishi, hujjatlarni
ko’rib chiqish, hujjatlarni tekshirishdagi aloqa xizmati va boshqalar uchun olinadi),
yarim yillik viza esa $20 turadi. Germaniya elchixonasidagi konsullik xizmati uchun
85 $ olinadi.
Xususiyatlar masalalari mohiyatiga ko’ra, Birlashgan Arab Amirliklari
immigrasiya hokimiyati viza talablari haqida aytib o’tish kerak. Amirlikda viza $35
turadi va uch kun ichida rasmiylashtiriladi. Bu mamlakatda turmushga chiqmagan
qizlar yoki yosh xotin-qizlar kelish talablari shartlariga, ayniqsa, jiddiy e’tibor
215
beriladi. Ularga nisbatan keyingi cheklovlar yaqinda joriy etildi. Uning mohiyati
shundaki, endi 30 yoshgacha bo’lgan ayollar amirlikka kiritilmaydi. Dubayga otasi,
akasi, erisiz qo’yilmaydi, Sharju va Abu-Dabi amirliklariga 40 yoshgacha bo’lgan
yolg’iz ayollar kiritilmaydi. Aks holda, faqat 3-4 yulduzli otellarda yashashi lozim.
Dostları ilə paylaş: