O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


Shaxsiy ko’rik tartib-qoidasi esa quyidagicha



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə41/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Shaxsiy ko’rik tartib-qoidasi esa quyidagicha: unga ko’ra, yechinish taklif
qilinadi (ba’zan – faqat ustki kiyimni, ba’zan – ichki kiyimgacha), soat, bezaklar, bir
so’z bilan aytganda nimasi bo’lsa, hammasi yechiladi. Yechilgan hamma buyumlarni
bojxonachilar sinchiklab tekshiradilar. Ammo bojxona xodimlari turistga shaxsan
qo’l tekizishlariga haqqi yo’q. “Tanani tekshirish”ga faqat tibbiyot xodimgina haqli.
Ammo unga ham tekshirish chog’ida qo’shimcha tadbirlar qo’llash taqiqlanadi.
Masalan, analizlar olish, klizma qo’yish, qayt qiladigan dori berish, rentgen yoki
gasroenterskopiya qilib tekshirishga yo’l qo’yilmaydi. Lekin tibbiy xodimga
turistning butun tanasini hatto jinsiy a’zolarigacha ko’rikdan o’tkazishga huquq
berilgan.
Shaxsiy ko’rik tugagach, bojxonachilar protokol tuzishga majbur. Unda sana,
ko’rik o’tkazilgan vaqt kabi rasmiyatchiliklardan tashqari, turist ismi-sharifi,
tekshirish barcha tafsilotlari, natijalari qayd etiladi. Protokol ko’rik o’tkazgan
bojxona xodimlari, tibbiy xodim, agar ishtirok etishgan bo’lsa, xolislar va albatta
turistning o’zi tomonidan imzolanadi.
Shuni ham aytish kerakki, protokol imzolanayotgan paytda ko’rikdan
o’tkazilgan shaxs unga fikrini bildirishga haqli. Bu ayniqsa, turist shaxsiy ko’rigi
qonunga xilof o’tkazildi deb e’tiroz bildirgan hollarga tegishli. Negaki, chet ellik
keyinchalik bojxona xodimi yoki tibbiy xodim ustidan arz qiladigan bo’sla, unga
bundan protokoldagi yozuvdan boshqa isbotlovchi dalil bo’lmaydi.
Agar shaxsiy ko’rik chog’ida taqiqlangan biror narsa topilsa, qonun oldida
qat’iy javob berishga to’g’ri keladi. MDH doirasida shaxsiy ko’rik alohida
hollardagina, Isroilda esa deyarli har 30-chet ellik shaxsiy ko’rikka jalb etiladi. Lekin
96



ta’kidlash kerak, isroillik bojxonachilar ko’rikdan o’tayotgan kishiga tushunish bilan


qaraydilar. Masalan, reysga registrasiyaga vaqt qolmagan bo’lsa, lekin bojxonachilar
yo’lovchini shaxsiy ko’rikdan o’tkazishi zarur bo’lsa, ular registrasiyani to’xtatib
turadilar. Hatto, o’z mashinalarida samolyotga yetkazib qo’yadilar. Ya’ni yo’lovchini
o’z vaqtida uchib ketishini ta’minlaydilar. Albatta, bu shaxsiy ko’rikdan o’tkazilgan
odamdan taqqilangan narsa tapilmaganda bo’ladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin